Bosh sahifa » Yangi O’zbekiston haqida sherlar

Yangi O’zbekiston haqida sherlar

Yangi O’zbekiston haqida sherlar. Ushbu maqolada yangi O’zbekistonimiz shiori ostida turli xil she’rlarni taqdim etamiz. Ularni bayramlar, bilimlar kuni uchun ishlating. Charchamang.

Yangi O‘zbekiston farzandlarimiz

Zaminga oyoqni zo‘r tiragancha,
O‘qib izlanamiz anchadan ancha,
O‘zgarishlar bo‘ldi qanchadan qancha
Uchinchi renessans dilbandlarimiz,
Yangi O‘zbekiston farzandlarimiz!

Orzular-ey, elchi bo‘linglar xolis,
Dillarimiz aylang dunyoga fonus,
Hali, eh-he yurar yo‘limiz olis,
Yurtimiz ertasi, asal-qandimiz –
Yangi O‘zbekiston farzandlarimiz!

Yurtning kelajagi qo‘limizdadir,
Sadoqat va vafo yo‘limizdadir,
Rahnamolar o‘ng-u so‘limizdadir,
Vatanning umidli avlodlarimiz –
Yangi  O‘zbekiston farzandlarimiz!

Tavsiya etamiz : Mustaqillik haqida she’rlar.

Yangi O’zbekiston.

Yangi O'zbekiston.

Davr-u davron keldi, o‘zgardi zamon,
Buyuk kelajakka ko‘z tikar inson,
Yurakda ishtiyoq, kuchli hayajon,
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!

Uchinchi renessans, yuksalish vaqti,
Marraga yetishmoq yoshlarning ahdi.
Yangi O‘zbekiston – Ona xalq baxti
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!

Prezident otamiz xalqqa madadkor,
Shu bois bizlarga zafar doim yor.
Aytaman baralla takror va takror,
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!

Yangi hayot uchun Yangi O’zbekiston uchun

Aziz xalqim kutgan goʻzal zamon keldi,

Diyorimga yangi bahor, boʻston keldi,

Qalbimizga ziyo – ilmu irfon keldi,

Shukrimiz bor, ushalgan bu armon uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Buxoriylar,Termiziylar ilmi yoddir,

Temuriylar, Nasafiylar ruhi shoddir,

Azizlarning yotgan joyi ham oboddir,

Bobolardan meros qutlugʻ makon uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Oʻzbek nomi bordir qutlugʻ xabarlarda,

Ona tilim yangrar oliy minbarlarda,

Hilpiraydi bayroq mudom zafarlarda,

Dillar osmon yaralgan keng imkon uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Baland-baland uylar yurtning dil bayoni,

Yangi qoʻshiq bu – adiblar xiyoboni,

Yorugʻ umid, maqsadlarning yoʻq poyoni,

Inson qadri, inson baxti, inson uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Saodatga yetdik, shukur, bardosh bilan,

Gʻamlar ketar sodiq hamroh, darddosh bilan,

Bugun xalqim inoq doʻstu qardosh bilan,

Oq manzillar, yangi davru davron uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Taʼlim, taʼlim, taʼlim degan xitob bilan,

Oʻzbekiston yuksalmoqda shitob bilan,

Iymoningga quvvat indir kitob bilan,

Shiddat bilan yoʻlga chiqqan karvon uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Boshi koʻkka tegib turgan togʻim, Vatan.

Tinchlik bilan baxtdan masrur chogʻim, Vatan,

Shavkatinga koʻz tegmasin, bogʻim, Vatan,

Xalqim deya yashayotgan sarbon uchun,

Yangi hayot uchun,

Yangi Oʻzbekiston uchun!

Tavsiya etamiz :  Vatan haqida she’rlar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top