Bolalar uchun 8-mart sherlar. Bolalar uchun 8-mart she’rlar to‘plami. Onajonlar, buvilar va opa-singillar uchun eng chiroyli, qisqa va ta’sirli tabrik she’rlar. Bog‘cha va maktab uchun mos variantlar.
Bolalar uchun 8-mart sherlar.
Yana keldi 8-mart
Ayollarga sovg’a berish shart,
Sovg’a kattaligi muhim emas,
Chin yurakdan sovg’a bo’lsa bas.
***
Yetkazdingiz voyaga bizni avaylab asrab,
Shodonlikda ulg’aydik doimo kulib o’ynab,
Barchasi uchun rahmat, sog’lom bo’ling har qachon,
Sakkizinchi mart bilan tabriklayman onajon.
8-mart sherlar.
Bir qarang ayollarga
Bugun ular baxtiyor,
8-mart keldi,
Iliq tilaklar bisyor,
Baxt-saodat tilayman,
Shodon yursin ayollar,
Barchamizning baxtimizga,
Omon bo’lsin onalar.
Bolajonlar uchun 8-mart sherlar.
Sizlar borsiz so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da’vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Onalar uchun 8 mart tabrik
Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo’lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
Og’lingiz ham bir ovqat qilsin.
Bir yilda bir yo’lim poylamang!
Yo’l poylagan ko’zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo’lsin.
Mexr beray bugun sizga ko’p,
Hech bo’lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unutung butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.
Ko’zingizda aslo yosh ko’rmay,
Bugun baxtdan bag’ringiz to’lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo’lsin.
Tavsiya etamiz : Navro’z haqida sherlar
Ayоllаr оmоn bo’lsin
Dаngillаmа uylаr qurdirаdigаn,
Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn
Erlаrining sоqоlini,
xаr kuni qirdirаdigаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Shirin qilаr оshingni,
Zаxаr qilаr оshingni.
Tergin deyа tоshingni.
Og’ritsа xаm bоshingni.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Aytgаnini qilsа xаm,
Ustimizdаn kulsа xаm.
Begоnа duxilаrni,
Yuz metrdаn bilsа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Tur desаng õtirsа xаm ,
õtir desаng tursа xаm.
Kun bõyi pаrdоz qilib
Sаlоnlаrdа yursа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Jаxldа shimаrsа yeng,
Nаq enаmni kõrdim deng.
Tоqаti tоg’lаrgа teng.
Bilаgi Alplаrgа teng.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Bоzоrlаrdа yugurgаn.
Sаndiqlаrni tõldirgаn
Xаmmа ishgа ulgurgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Qudа tаnlаb qidirgаn.
Suymаgаnni suydirgаn.
Muqоm qilib kuldirgаn.
Kelinini kõndirgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Aziz va munissan-o’zbek ayoli
Husn-u malohatning tengsiz timsoli,
Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.
Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.
Har kiygan libosing malaklarga xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.
Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli.
Tavsiya etamiz : Onalar haqida sherlar
8-mart tabrik sher
Chin yurak so’zlarim unga payvasta.
Bir asr yashangu yana nim chorak.
8-mart ayyomingiz muborak!











