Bosh sahifa » Oltin Kuz haqida sherlar

Oltin Kuz haqida sherlar

Oltin Kuz haqida sherlar. Kuz — bu tabiatning sokinlashgan, lekin o‘ziga xos go‘zallikka burkangan faslidir. Yaproqlar sarg‘ayib, qizil, to‘q sariq ranglarga kiradi va daraxtlardan sekin-asta to‘kila boshlaydi. Havo asta-sekin soviydi, tonglar shudringli, salqin bo‘ladi. Qushlar iliq o‘lkalarga ko‘chadi, odamlar esa issiq kiyimlarga o‘rala boshlaydi. Dalalarda hosil yig‘im-terimi boshlanadi, mevalar pishib yetiladi. Tabiat go‘yo xotirjamlikka, sokinlikka tayyorlanayotgandek tuyuladi.

Kuz haqida sherlar.

Kuz haqida sherlar

Tungi bog’lar – sirli, qo’rqinchli,
Xususan kuz, xususan kech kuz.
Qora tunga bo’lib qo’riqchi,
Qotib turar daraxtlar unsiz.

Oyog’ingning ostida nogoh,
«Chirs» etaru sinib tushar shox,
Biroq, ulkan qushdek banogoh,
Qalqib ketar butun ulkan bog’.

Tungi bog’lar qora o’pqonday,
Guvlar bo’ron kezingan chog’lar.
Bog’ni chetlab o’tadi tunda,
Qo’rqa-pisa oydin so’qmoqlar.

Oltin kuz.

Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,

O‘lkamizga kuz fasli keldi.

Ona yerning saxovatini

Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.

 

Kuzning qaynoq nafasi dastlab

Dalalarda, bog‘da sezilar.

Tolning sarg‘ish yaproqchalari

Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

 

Egilibdi anor shoxlari

Ko‘tarolmay o‘z hosilini.

Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda

Mevalarning eng asilini.

 

Paxtazorlar oppoq libosda

Qamashtirar boqsam ko‘zimni.

Qo‘shiq qilib kuylayman bugun

Ona yurtim oltin kuzini.

Tavsiya etamiz : Kuz haqida maqollar.

Kuz manzaralari – Abdulla Oripov

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog`larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do`stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to`kilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do`stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan so`ngsiz o`ylarim.

Quyosh ham falakda bamisli ro`yo
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do`stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat!

Xush kelding oltin Kuz.

Daraxt po’stin qoqar,
Bulut biz tomon boqar,
Ko’z yoshin oqirar,
Kuz boboni chaqirar.

Xush kelding Kuz bobo,
Elimizga marhabo,
To’kin-sochin faslisan,
Bizga juda yoqasan.

Kichik bolalar uchun kuz haqida sher.

Kichik bolalar uchun kuz haqida sher.

Mevalarni
Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim-zar etding,

Oltin kuzim.
To’kin-sochin
Dala-yu bog…
Dehqonlarning

Dimog’i chog’,

Saxiy kuzim.

Kuz haqida – Xurshid Davron she’ri.

Ko’z o’ngimda bepoyon bog’lar,
Yaproqlarda tilla rang g’ubor.
Yaqinlashib qolgandek tog’lar,
Havo shunday tiniq, beg’ubor.

Shitirlagan kechki yomg’ir, ham
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.

Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bog’chadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.

Meni tashlab ketmoqchi do’stni
To’xtatmoqchi bo’lganday shu on
Men jimgina qo’lim cho’zaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.

Yana kuz haqida,

Tungi bog’lar – sirli, qo’rqinchli,
Xususan kuz, xususan kech kuz.
Qora tunga bo’lib qo’riqchi
Qotib turar daraxtlar unsiz.

Oyog’ingning ostida nogoh
“Chirs” etaru sinib tushar shox,
Biroq, ulkan qushdek banogoh
Qalqib ketar butun ulkan bog’.

Tungi bog’lar qora o’pqonday
Guvlar bo’ron kezingan chog’lar.
Bog’ni chetlab o’tadi tunda
Qo’rqa-pisa oydin so’qmoqlar.

Tavsiya etamiz : Kuz haqida insho.

Kuz.

Qora yomg’ir va yolg’izlik, qorong’i chorbog’ –
g’amgin qushlar karvon bo’lib ko’chib ketadi.
Yomg’ir yuvgan daraxtlardan eng so’nggi yaproq
uzilaru yurak kabi uchib ketadi.

Alisher Fayz – Kuz.

Sarg`aygan yaproqlar,
Yuragimda titroqlar.
Sen ketarsan, o`rtamizda,
O`rtamizda firoqlar.

Mana bir qadam bosdim sen tomon,
Sen ham bir qadam tashla men tomon.
Sensizlik yomon, yolg`izlik yomon,
Dillarga azob beradi gumon. (x2)

Yolg`izlik yomon…

Vaqtlar o`tar, g`amlar ortar,
Yillar hamon six so`zin aytar.
Na sog`inchli kunlar qaytar,
Armon bo`lar go`zal paytlar. (x2)

Mana bir qadam bosdim sen tomon,
Sen ham bir qadam tashla men tomon.
Sensizlik yomon, yolg`izlik yomon,
Dillarga azob beradi gumon. (x2)
Yolg`izlik yomon…

Kuz…
Sarg`aygan yaproqlar,
Yuragimda titroqlar.
Sen qaytarsan, ikkimizdan
Endi armon yiroqlar.

Kuz…
Sarg`aygan yaproqlar…

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top