Qish haqida sherlar. Qish mavsumiga bag‘ishlangan eng chiroyli, yuraklarga iliqlik bag‘ishlovchi sherlar to‘plami. Tabiyatning oppoq libosda jilvalangan mo‘jizasi haqida yozilgan she’rlar. Qish haqida yozilgan eng chiroyli va ta’sirli she’rlar to‘plami. Qorli kunlar, izg‘irin shamollar, sovuq havodagi iliq tuyg‘ular haqida yozilgan sherlar bu sahifada jamlangan. Agar siz maktab uchun qish mavzusida sher kerak bo‘lsa yoki shunchaki qish faslidan zavqlanishni istasangiz, to‘g‘ri joydasiz!
Qish haqida sherlar.
Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda,
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.
****
To‘rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib,
Zamin oppoq o‘ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
****
Dov-daraxtlar mizg’igan,
Izg’irin yel izg’igan,
Ko’chalar yaraqlaydi,
Yulduzlar charaqlaydi,
Jamlab barcha kuchini,
Kelmoqda qish qo’shini.
Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida she’rlar
Kumush qish.
Bu she’rda qish faslining tabiat va odam hayotidagi o‘ziga xos belgilarini aniq va hayotiy tasvirlar orqali ifodalanadi. Barglar to‘kilishi, pechkada o‘tin yonishi, mo‘rilardan chiqqan tutun, qor bilan qoplanishi va suvlarning muzlashi kabi qishning kundalik manzaralari o‘ziga xos uslubda tasvirlangan. Shuningdek, sovuq havoga qarshi qalin kiyim kiyish, dalalardagi ishning susayishi kabi inson hayotidagi o‘zgarishlar ham ko‘rsatilgan. She’rning oxirida “kumush qish” atamasi orqali bu faslning nafis va beqiyos go‘zalligi ta’kidlanadi.
Barglarini to‘kkanda daraxt,
Xashoratlar bo‘lganda karaxt,
Pechkalarda yonganda o‘tin,
Mo‘rilardan chiqqanda tutun,
Dala, bog‘ni qoplaganda qor,
Muzlaganda arig‘u-anxor,
Sovuq xukm surganda xar dam,
Qalin kiyim kiyganda odam,
Dalalarda susayganda ish,
O‘lkamizda demak «kumush qish»!
Rossa mazza qish.
Rosa mazza qish,
Qorlari — kumush.
Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.
Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.
Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —
Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.
Archa haqida she’rlar to’plami
Keldi qish.
Bu she’rda qish fasli mehmon sifatida tasvirlangan, qor esa mehribon “qor bobo” sifatida ifodalanadi. Uylarni archa bilan bezash, oyparcha osmoni va iliq kuzgi kayfiyatlari orqali qishning betakror go‘zalligi yoritiladi. Qor yog‘ishi, muz bilan qoplangan suv va dala-dashtning oppoq gilamdek ko‘rinishi tabiatning sokin va osoyishta holatini aks ettiradi. She’rda qishning yerga beradigan oromi, dam berishi ta’kidlangan va bahor kelganda qorning erib ketishi orqali fasllar aylanishining go‘zalligi ifodalangan.
Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.
Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.
Qor haqida sherlar.

Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.
Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.
Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.
Qish kelmoqda.
Ushbu she’r qishning oppoq, sokin va quvnoq qiyofasini tasvirlaydi. Qorning yumshoq qoplamasi, bolalar chana va konkilarda o‘ynashi orqali qishning zavqli va shodlikka to‘la fasl ekanligi aks ettirilgan. Dalalar va vodiylarning dam olishi, sumalakning tarovati, sovuq havoning hazillari hamda yuzlardagi jillashish orqali qish faslining turli ko‘rinishlari jonlantiriladi. She’rda qishning sovuqligiga qaramay, oftobning kelib uning qahrini yengishi, tabiat va odamlar o‘rtasidagi uyg‘unlik ham o‘z ifodasini topgan. Qish faslining go‘zalligi va qiziqarli jihatlari she’riy ravishda bayon etilgan.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.
Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?
Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.
Tavsiya etamiz : Bolalar uchunu sherlar to’plami
Qish Kelipti Yastanib.
Qish haqida sherlar – Bu she’r qish faslining tabiiy go‘zalligini, sovuq va oppoq qor bilan qoplangan yerni tasvirlaydi. She’rda bolalarning qishning quvonchini chanalar ustida uchib o‘ynayotgani, yuzlarining qizil bo‘lib, yuraklari iliqligini his qilganlari ta’riflangan. Olamning ertakday go‘zal va tinchligi, osmonda qor yog‘ayotgani, atrofga yorug‘lik sochayotganligi tasvirlanadi. Shuningdek, an’anaviy qish taomlari — sumalak va bo‘rilab pechda pishayotgan mo‘rining tasviri bilan, qish faslining nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki uning iliq, mehribon ruhiyati ham aks ettirilgan. She’r qishning sovuqligiga qaramay, unda yashirin iliqlik, tinchlik va quvonch borligini ifodalaydi.
To‘rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o‘ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
Ko‘cha to‘la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil.
Olam naqadar go‘zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog‘ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Tarnovda to‘p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo‘ri, pechdan bo‘rillab,
Tutqun o‘ynar tarallab.
Mo‘jaz, sirlarga boysan,
Erka, to‘lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag‘ishlab xordiq.
Tavsiya etamiz : Bolalar uchunu sherlar to’plami
Sherlar savol-javob.com saytidan qoparildi.











