Bosh sahifa » Madhiya haqida sara sherlar to‘plami

Madhiya haqida sara sherlar to‘plami

Madhiya haqida sara sherlar to‘plami. O‘zbekiston madhiyasi yurtga bo‘lgan sadoqat, erkinlik va birlik g‘oyalarini ulug‘laydigan davlat ramzidir. Unda xalqning g‘ururi, tarixiy ildizlari va kelajak umidi mujassam bo‘lib, milliy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Madhiya matni.

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

 

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Mutal Burxonov musiqasi.
Abdulla Oripov she’ri.

Tavsiyta etamiz : Qish haqida she’rlar to’plami

Madhiyam.

Istiqlolning nishonasi sendursan,
Zulmatimda bo‘lgansan nur – Madhiyam!
Jahonlarga bitta o‘zing tengdursan,
Dunyo uzra kuylanib tur, Madhiyam!

Seni ko‘kka eltadur mard o‘g‘loning,
Qilich bo‘lsang, farzandlaring qalqoning.
Jahonlarga yetib borsin dostoning,
Qalam bo‘lsam, o‘zing shuur, — Madhiyam!

Istiqloling abad bo‘lsin betakror,
Gar aytilsang, yurakni chulg‘ar bahor.
Navolaring o‘zgacha berur mador,
Tillo-yu, zar, bebaho dur, — Madhiyam!

Tor dunyoni aylarsan keng boshimga,
Parvo qilma, ko‘n iztirob yoshimga.
Butun dunyo kelsa hamki qoshimga,
Bo‘lgum mudom bir senga jo‘r, Madhiyam!

Sarhad bilmas nomus o‘zing, or o‘zing,

Kuylar bo‘lsam, qo‘limdagi tor o‘zing.
Har damimda bo‘lgan menga yor o‘zing,
O‘zbek elga milliy g‘urur – Madhiyam!

Osmonimga kelmas g‘ubor, bor bo‘lsang,
Armonim yo‘q, — agar milliard yosh ko‘rsang.
Senga sodiq Javohir Mirzo bilsang,
Yayra endi, qandingni sur, Madhiyam!

Davlat madhiyasi- Madhiya haqida sherlar.

Assalom Ona yurt, go‘zal tonglar o‘lkasi,
Ta’rifu tavsifingni yo‘q nihoyasi.
Har yurak, har dil, har qalb kuylasin,
Jaranglagin tillarda Yurtim madhiyasi.

Tavsiya etamiz : Bayroq haqida she’rlar

Yoshlar madhiyasi.

Yoshmiz, dilimizda ezgu ahd boʻlgay,
Har yurakda shiddat boʻlgay, shahd boʻlgay!
Yurtboshimiz koʻrsatgan yorugʻ yoʻlda,
Manzilgacha yoʻldoshimiz baxt boʻlgay!

Vatan bizdan kutmoqda buyuk ishlar,
Bu ishonchdan joʻshar ishtiyoqimiz!
Bunda jamdir Barchinoy, Alpomishlar,
Koʻksi baland «Yoshlar ittifoqi»miz!

 

Har koʻngilni chaman etmoq uchun ham,

 

Gullashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Buyuk kelajakka yetmoq uchun ham,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Toʻqqiz yoshda Qurʼonni yod bilgan kim?
Eng ulugʻ muhaddis – Buxoriy bobo!
Yetti yoshida “Mantiq ut-tayr”ni,
Yod olgan kim? Bizning Navoiy bobo!

Bolalikdan asov otni egarlab,
Doim zafar quchgan Temur bobomiz!
Oʻn ikki yoshida taxtni egallab,
Yurt boshqargan bizning Bobur bobomiz!

Ajdodlardek yorugʻ yuz boʻlmoq uchun,
Nurlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Dunyo koʻrib qoʻysin biz yoshlar kuchin,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Bu kun jahon maydonida koʻp yoshlar,
Boʻlmoqdalar ajdodlarga munosib!
Ular yurtni marralar sari boshlar,
Beruniylar bosgan izlarni bosib!

 

Yurt bayrogʻin Kubroday mahkam tutib,

 

Yuksaklarga qadar uchgan yoshlarmiz!
Boradirmiz, turmaymiz baxtni kutib,
Har jabhada zafar quchgan yoshlarmiz!

Dunyo bilan barcha tilda birma-bir,
Tillashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!
Vatan qadrin birdamlik koʻtargaydir,
Birlashaylik, Oʻzbekiston yoshlari!

Davlat madhiyasi yangragan mahal…

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Yurtdoshim, daryoday oyoqqa qalqi.
Chunki, osonlikcha erishgan emas,
Bu baxtga jafokash, mard o’zbek xalqi.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Esla, ajdodlaring shavkat-u shonin.
Tarannum etgaydir, bu buyuk g’azal,
Asl insoniylikning oliy nishonin. 

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Tosh qotgin, ko’ksingni tog’dayin kerib.
Zero, bu baxt uchun kurashgan azal,
Ne-ne mard o’g’lonlar jonini berib.

Davlat madhiyasin yangratib ko’p bor,
Hayratga to’ldir bu keng dunyolarni.
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O’ng qo’ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo’rg’oniga qalqon askarday,
Yuraging doim o’z rostida tursin. 

Davlat madhiyasi yangragan mahal…

Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda she’rlar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top