Bobur ruboiylar to’plami. “Bobur ruboiylar to‘plami” — Zahiriddin Muhammad Boburning chuqur ma’no va hikmatga boy ruboiylari jamlangan bebaho adabiy meros. Ushbu to‘plamda shoirning hayot, muhabbat, vatan sog‘inchi va insoniy qadriyatlar haqidagi fikrlari aks etadi. Bobur ruboiylari o‘zbek adabiyotining durdonalaridan bo‘lib, har bir avlod uchun ibrat manbaidir.
Har kimki, vafo qilsa…

Har kimki, vafo qilsa — vafo topqusidur!
lass=”yoast-text-mark” />>Har kimki, jafo qilsa — jafo topqusidur!
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa — jazo topqusidur!
Tole yo‘qi jonimg’a balolig’ bo‘ldi…
Tole yo‘qi jonimg’a balolig’ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo‘ldi.
“Zahiriddin Muhammad Bobur” radifli ruboiy
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor,
Uz oh, Zahiriddin Muhamrnad Bobur.
Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur…
Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur,
Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.
Shohim sanga ma’lum emastur, ne qilay?..
Shohim sanga ma’lum emastur, ne qilay,
Ohim sanga ma’lum emastur, ne qilay?
Men yuz, qoshing dermen-u sen — badr-u hilol,
Mohim, sanga ma’lum emastur ne qilay?
Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi…
Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikkisi muyassar bo’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen…
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim,
Shahmen elga, vale sanga quldurmen.
“Mushkil” radifli ruboiy – Bobur ruboiylar to’plami.
Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil,
Farxunda hadisingni eshitmak mushkil.
Ishqingni dog’i bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.
She’riyat rukni shu yerda











