Bosh sahifa » Balli qizlar tadbiri uchun tanishtiruv sherlar

Balli qizlar tadbiri uchun tanishtiruv sherlar

Balli qizlar tadbiri uchun tanishtiruv sherlar.

Ismlarga sherlar qidiryapsizmi? Bu sahifada Sarvinoz, Zebo, Madina, Nilufar va boshqa ismlar uchun 30 dan ortiq chiroyli va romantik sherlar jamlangan.

1. Sarvinoz ismiga sher

S-en bahorni gul g‘unchasi,
A-trofingda bulbul bo‘lay.
R-ad etmagin chin sevgimni,
V-isolingga o‘zim yetay.
I-shq kuyiga oldim qalam,
N-etay seni sevib qoldim.
O-lding aqlu hushginamni,
Z-orlar qilib kuyib qoldim.

2. Zebo ismiga sher

Z-avqlanib yozarman sherlarim senga,
E-rtaklar bitayin bizning sevgiga.
B-axt qushi boshimizga qo‘nsin sevgilim,
O-lloh bizni asrasin, chin dildan Ilohim.

3. Gulnora ismiga sher

G-ullar ham uyalar go‘zalligingdan,
U-midlar uyg‘onar sening sevgingdan.
L-ablarim aytadi ismingni takror,
N-asib bo‘lsa go‘zalim qilamiz to‘ylar.
O-y yuzligim bir ko‘rmasam sog‘inaman,
R-ad qilmagin sevgimizga ishonaman.
A-badiy yashaymiz baxt uyimizda.

4. Madina ismiga sher

M-uhabbat chirog‘in yoqib qalbimga,
A-ylagin yuragim shodon baxtlarga.
D-iydor qumsab borarman sening tomonga,
I-ntizor ko‘zlarim ko‘rmoq istaydi.
N-iyatim bir senla yashamoq abad,
A-ytsang jonim beraman senga xaqiqat.

5. Ruxsora ismiga sher

R-uxsoring ko‘rmoqlik men uchun orzu,
U-nutma sen uchun yashayman mangu.
X-ayolimda kecha kunduz o‘zingsan jonim,
S-ensiz o‘tmas bir lahzayu hatto hayotim.
O-ydek to‘lib yoritsayding nursiz tunimni,
R-oziman ol kerak bo‘lsa mening jonimni.
A-razlaring tirnar qalbim erkatoy yorim,
Meni sevgin chin yurakdan sevgin Ruxsoram.

6. Nilufar ismiga sher

N-igohlarim yo‘lingga mushtoq,
I-sming takror aytadi tilim.
L-olazorda kezarsan yolg‘iz,
U-nutdingmi qo‘llarim taftin.
F-alak gardishida yurak surati,
A-ytolmagan so‘zlarim qoldi.
R-uhim ketdi tanam tark etib.

Tavsiya etamiz : Barcha she’rlar to’plami

7. Sabina ismiga sher

S-ohibjamol go‘zal malikam,
A-ytar so‘zim tinglagin erkam.
B-edor o‘tgan tunlarim sensan,
I-shon qo‘lim yetmas orzuyim sensan.
N-ozli boqishlaring jonimni oldi,
A-badiy bo‘lgan sevgi uyg‘ondi.

8. Mahliyo ismiga sher

M-ahliyo qilib qo‘ydi, sani qora ko‘zlaring,
A-qlim ojiz kulgichi bor, go‘zal sening yuzlaring.
H-atto oy ham uyalar, shirindir kulgularing,
L-ablaringni rangidanmi, g‘uncha guldagi ranglar.
I-ntizorman ko‘zlarimga uyqu yo‘q tunlar sensiz,
Y-orim bo‘lib kel yonimga sirdosh yo‘q jonim sensiz.
O-smonlardek pok sevgimiz bizni hech kim ajratolmas.

9. Malika ismiga sher

M-endan olis qaylardasan yor,
A-ytchi sendan o‘zga kimim bor.
L-ablaringni bir kun o‘parman,
I-boligim qilma ko‘ngling tor.
K-o‘zlaringni jodusida sehrlab meni,
A-yriliqda qiynamagin bu yuragimni.

10. Nigora ismiga sher

N-afis gulim go‘zalsan buncha,
I-foringdan yayragan ko‘ngillar qancha.
G-o‘zaldirsan dunyoda bittasan bitta,
O-yga o‘xshatdim seni tanhosan nega.
R-uxsoringni yashirma 15-kun mendan,
A-yriliqqa chidolmayman sevgi bu chindan.

11. Saodat ismiga sher

S-og‘inchimda yashaysan jonim,
A-zob cheksam darmonim bo‘lgin.
O-stonamga qadaming tashlab,
D-argohimda chin yorim bo‘lgin.
A-zizimsan hayotim borlig‘im o‘zing,
T-unlarimda yolg‘izim yonimda bo‘lgin.

12. Farida ismiga sher

F-iroq nedur bilasanmi yor,
A-zob nedur sezasanmi bor.
R-ashk qilaman yig‘laysanmi zor,
I-shq muhabbat sendan umidvor.
D-iydoringni qumsayman qancha,
A-yt sevgilim qiynama buncha.

13. Sevara ismiga sher

S-evib qoldim go‘zal gulimni,
E-ng yoqimli shirin so‘zimni.
V-aslingga men haridorman,
A-trofingda zor giryonman.
R-ahm qilgin men oshig‘ingga,
A-ytolmadim sevishim senga.

14. Nargiza ismiga sher

N-igohingiz sog‘indi ko‘zim,
A-zoblarga qoldirib ketmang.
R-ashk o‘tida kuydirib dilim,
G-ulzorimni tikanzor etmang.
I-smingizni yurakka chizdim,
Z-or qalbimni intizor qilmang.
A-qlim olib mendan yiroqlab,
M-en oshig‘ingiz devona etmang.

15. Oydinoy ismiga sher

O-smonlarga uchib ketarman,
Y-ulduzlardan senga boqarman.
D-ardim aytib ko‘zyoshlar bilan,
I-shon jonim seni sevarman.
N-ahot sevgim diling og‘ritsa,
O-ydinoyim sevmaysan nega.
Y-uragimni berarman senga.

16. Zarina ismiga sher

Z-or yig‘latib javdiratib qaro ko‘zni,
A-fsus taqdir o‘yin qildi ikkimizni.
R-ashk qilgandim buni gulim tushunmading,
I-sming yozib dildan quvlay hasratimni.
N-etay yo‘lni o‘zim tanlaganman bu kun,
A-rmon ko‘chasida qoldi so‘zim bugun.


17. Rano ismiga sher

R-uhimni parishon ayladim,
A-sta borib sho‘x qizga so‘yladim.
N-ozlaringda o‘rgilayin singiljon,
O-tasini erkasida Ranoxon.


18. Feruza ismiga sher

F-alakka bo‘y cho‘zdi sevgimiz jonim,
E-rkalab sevaman tushlaringda ham.
R-ad etmagin go‘zalim birga yashaylik,
U-mrim so‘nggigacha yonimda bo‘lgin.
Z-arrin yulduzlarga o‘xshaysan jonim,
A-zoblarga faqat tashlama yorim.


19. Fotima ismiga sher

F-asllar almashib kelganda bahor,
O-chilar sen uchun qalbimda gullar.
T-unlari osmoning bo‘lsin yulduzli,
I-kkimizni asrasin yaratgan tangri.
M-ening ko‘ngil bog‘imda ochilgan gulsan,
A-srayin sen mangu muhabbatimsan.


20. Gulnihol ismiga sher

G-o‘zallar ololmas ko‘nglimni aslo,
U-midim yashamoq bir senla tanho.
L-aylisan men bo‘lay majnuning go‘yo,
N-olalarim tinglasayding biladi Hudo.
I-shqingda yonaman tunlari bedor,
H-ar safar quchaman surating takror.
O-smonga termulib oydan so‘rayman,
L-ablaring bolidan bir kun qonaman.


21. Dilbar ismiga sher

D-unyodan izladim tanho bir seni,
I-zladim qalbimning shahzodasini.
L-ablarim aytadi ismingni takror,
B-axtliman men seni uchratdim ey yor.
A-yirmagin bizni aslo mehribon olloh,
R-obbim bizni asragin baxtlimiz ey voh.


22. Dilafruz ismiga sher

D-eydilar sevgining azobi shirin,
I-shqingda yonar bu mening yuragim.
L-atofat yuzingda mehr ko‘zingda,
A-qlu hushim o‘g‘irlagan ey Dilafruzim.
F-arishta sen bo‘lsang tilagim o‘zing,
R-ad etma yurakdan har bitta so‘zim.
U-zoq izlab topganim sen Dilafruzim,
Z-iyo aylab nurafshon qil ushbu hayotim.


23. Dinora ismiga sher

D-ilni pora qilib yana ezadi yurak,
I-smingni takrorlab izlar zor xalak.
N-igohim tushmaydi o‘zga gullarga,
O-lisda bo‘lsang ham ko‘nglim bir senda.
R-anjima go‘zalim topaman seni,
A-xir senga sodiqman bilasan meni.


24. Dildora ismiga sher

D-iydoringni sog‘ingan ko‘ngil,
I-shq kuyiga sher yozdi bu dil.
L-ablaringdan o‘payin o‘zim,
D-il so‘zimni eshitgin dildor.
O-smonlarga uchmagin mensiz,
R-ashkim kelar boqmasang bir bor.
A-ytgin meni nechun qiynaysan.


25. Mohinur ismiga sher

M-enga hayot tatimaydi sen bo‘lmasang,
O-smon ochmas o‘z bag‘rini jon bermasang.
H-ijron o‘ti qiynar meni sen kelmasang,
I-zhor etmay yurak yig‘lar dard bilmasang.
N-ogoh o‘ylab yetolmayman senga tunlari,
U-zoqdasan ko‘rolmasam qora ko‘zlarni.
R-axming kelib bir habar ol tushimga kirib.


26. Munavvar ismiga sher

M-ehr berib yurakdan sevsam seni,
U-nutmayin olislardan kutsam seni.
N-urli tunning yulduzlari olsa hayolim,
A-dashmayin sinovidan topsam seni.
V-isolingga mushtoq sabr kutaverar,
V-adalarga ko‘ngan g‘urur dodlayverar.
A-trofimda dardu alam o‘rab kelar,
R-ashkim seni sog‘inishdan tonaverar.


27. Charos ismiga sher

Ch-iroyligim mana keldim yoningdaman,
A-tirlaring buncha shirin mastonaman.
R-ostin aytsam telba bo‘ldim visolingga,
O-lislarga nega ketting Charosginam.
S-eni eslab yozdim shirin g‘azalginam.


28. Farzona ismiga sher

F-arishtalar yuragim tark etsalar ham,
A-zob quchog‘iga tashlasalar ham.
R-axmdil jonkuyar bir sevganim bor,
Z-aminga gul bo‘lib ochilganim bor.
O-yga o‘xshatmayman uni nozikdir ko‘ngli,
N-ozik niholim bordir o‘zi g‘uncha misoli.
A-tirlari hushni olar farishtam mening.


29. Gulmira ismiga sher

G-umon qilma sevgimga ishon,
U-zoqlashma yuragim nishon.
L-abzi halol bir so‘z yigitman,
M-azmunli dunyoda sevganim sensan.
I-kki yurak bir bo‘lsin endi,
R-ishtalarni bog‘la kel qani.
A-lam qilsin oshiqlaringga.


30. Muxlisa ismiga sher

M-en dunyoda bir telba oshiq,
U-midlarim sen qizga bog‘liq.
X-ayotim ham ol senga tortiq,
L-ekin sensiz qalbimda og‘riq.
I-zlaganim o‘zingsan faqat,
S-ensiz dunyo go‘yoki zulmat.
A-yro bo‘lsam yuragimda dard,
M-uxlisam sen qalbimdagi baxt.

Tavsiya etamiz : Boshqa sherlar to’plami

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top