Kelajak soati 27-mavzu – Yil boshi navro’z.
Fayllarni to’liq yuklab oling telegramdan :
“Kelajak soati” darsining 1-4-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi:
27-mavzu: “Yil boshi – Navro‘z”
Dars maqsadi: O‘quvchilarning Navro‘z milliy bayrami haqida
tushunchalarini rivojlantirish. Kichik yoshdagi o‘quvchilar qalbida milliy bayram,
urf-odatlar, Navro‘z taomlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish. Navro‘z
urf-odatlari va marosimlarini bolalarga qiziqarli uslubda taqdim etish.
Darsdan keyin kutiladigan natijalar:
O‘quvchilar Navro‘z bayrami o‘zbek xalqining milliy bayrami ekanligini
anglaydi;
Milliy bayramimiz – Navro‘zning nishonlanishi bilan bog‘liq urf-odat va
an’analar bilan tanishadi;
Navro‘z bayramining tarixi, milliy taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.
“Kelajak soati” darsining 5-8-sinflar uchun mashgʻulot ssenariysi
27-mavzu: “Yil boshi – Navroʻz”
Dars maqsadi
Umumiy maqsad:
Oʻquvchilarga Navroʻz bayramining tarixiy ildizlari, maʼnaviy-axloqiy
ahamiyati, qadriyat sifatidagi oʻrni haqida tushuncha berish; milliy anʼanalarni
asrab-avaylashga ongli munosabatni shakllantirish.
Aniq maqsadlar:
Navroʻzning kelib chiqishi, yil taqvimi bilan bogʻliqligi, “Yil boshi”
tushunchasini oʻquvchilarga tushuntirish.
Navroʻz udumlari (sumalak, sayilgohlar, xalq oʻyinlari, bagʻrikenglik
ruhiyati) haqida bilim berish.
Milliy qadriyatlar zamonaviy jamiyatda qanday ahamiyat kasb etishini
muhokama qilish.
Jamoada ishlash, fikr bildirish, muhokama yuritish koʻnikmalarini
rivojlantirish.
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
27-mavzu: “Yil boshi – Navro‘z”
Dars maqsadi: Umumiy maqsad:
O‘quvchilarga Navro‘z bayramining tarixiy ildizlari, ma’naviy-axloqiy
ahamiyati, qadriyat sifatidagi o‘rni haqida chuqur tushuncha berish; milliy
an’analarni asrab-avaylashga ongli munosabatni shakllantirish.
Aniq maqsadlar:
Navro‘zning kelib chiqishi, kalendar bilan bog‘liqligi, “yil boshi”
tushunchasini tushuntirish.
Navro‘z udumlari (sumalak, sayilgohlar, xalq o‘yinlari, bag‘rikenglik
ruhiyati) haqida bilim berish.
Milliy qadriyatlar zamonaviy jamiyatda qanday ahamiyat kasb etishini
muhokama qilish.
Jamoada ishlash, fikr bildirish, muhokama yuritish ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Kutiladigan natijalar
Aqliy va tushunchaviy darajada:
Navro‘zning tarixi, ma’naviy asoslari, an’analari haqida mantiqiy
tushunchaga ega bo‘ladi.
“Yil boshi – Navro‘z”, “ezgulik bayrami” kabi tushunchalarni sharhlay oladi.











