Kelajak soati 25-mavzu : Muqaddas ayol. Ushbu Kelajak soatining mavzusi Muqaddas Ayol. Siz shu mavzu yordamida uning maqsadi va vazifalarini bilib olishingiz mumkin.
Umumiy maqsad: O‘quvchilarga ayol zotining muqaddas ekanligi haqida
tushuncha berish, o‘smir yoshlarda ayolga hurmat, ehtirom, minnatdorchilik hissini
tarbiyalash. Ona siymosi orqali insonparvarlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi
ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash.
Annotatsiya: Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga ayollarning jamiyatdagi
o‘rni, uning muqaddasligi, onalik sha’ni, ma’naviy va axloqiy fazilatlari haqida
bilim beriladi. Shuningdek, tarixiy va adabiy manbalarga asoslangan holda
ayollarning hayotimizdagi beqiyos o‘rni yoritiladi. Mashg‘ulot o‘quvchilarda onaga,
opa-singilga, ustozlarga nisbatan hurmat, minnatdorchilik va qadrlash tuyg‘ularini
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Aniq maqsadlar:
- O‘quvchilarda onaga, opa-singillarga, ustoz ayollarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish;
- O‘quvchilarning mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- Ayollarning, ayniqsa onalarning oiladagi va jamiyatdagi tarbiyaviy o‘rni, mehr-oqibat, sabr-toqat va fidoiylik kabi fazilatlarining ahamiyatini tushuntirish.Kelajak soati 25-mavzu Muqaddas ayol
Yuklab olish
📌 “Kelajak soati 25-mavzu” darsining
1-4,
5-8,
9-11-sinflar
uchun mashg‘ulot ssenariysi
Barcha mavzular uchun bosing : kelajak soati 1-24 mavzular











