Kelajak soati 33-mavzu Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash.
O‘quvchilarga millat fidoyilari – Vatan ozodligi, tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar haqida tushuncha berish, xotira va qadrlash tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglatish, ularda ajdodlarga hurmat, bugungi tinch hayotga shukronalik va kelajak oldidagi mas’uliyat hissini shakllantirish.
Annotatsiya: Mazkur mashg‘ulot davomida o‘quvchilar millat fidoyilari tushunchasi bilan tanishadilar, ularning tarixiy va zamonaviy misollari orqali Vatan uchun xizmat qilishning naqadar ulug‘ fazilat ekanligini anglaydilar. Dars jarayonida xotira va qadrlash an’analari, ularning ma’naviy ahamiyati, jamiyat hayotidagi o‘rni videolavhalar, sahna ko‘rinishlari, interfaol o‘yinlar va guruhli muhokamalar orqali yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z munosabatini bildirish, hurmat va minnatdorlikni amalda ifodalash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularni ko’ring.











