Bosh sahifa » Qorbobo Haqida Sherlar – Eng Chiroyli Yangi Yil She’rlari

Qorbobo Haqida Sherlar – Eng Chiroyli Yangi Yil She’rlari

Qorbobo Haqida Sherlar – Eng Chiroyli Yangi Yil She’rlari. Qorbobo haqida eng chiroyli, qiziqarli va oson yod olinadigan yangi yil she’rlari. Bolalar uchun quvnoq Qorbobo sherlar to‘plami. Yangi yil bayrami uchun ideal sherlar.

Qorbobo haqida sherlar.

Keldim  ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u  tog’lardan  oshdim.
O’rmon  oralab  yurdim,
Archani  xo’p  tanladim.
Eng chiroyli, eng  ko’rkam,
Qarang,ulkandir  biram.
Uni  sizga yo’lladim,
Behad u  xo’p  chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi  ko’rib  ko’zim,
Ofarin o’g’il-qizim!

Qorqiz

Kim aytar: u parimas?!
Undan chiroy arimas!
Har yil bir yosh o‘ssa ham,
Qorqiz sira qarimas!

Chunki dili pok uning,
Orzulari oq uning.
Nomi qordan bo‘lsa ham,
Mehri ko‘p qaynoq uning.

Xuddi go‘zal oq qayin,
Boqishlari bir mayin.
Yosharib ochilganday
Qorqizimiz yil sayin!

Shunday, qishda ham yashnab,
Sarg‘aymasin, so‘lmasin.
Yoshlik ketmasin tashlab,
Sira kampir bo‘lmasin!

Tavsiya etamiz : Archa haqida sherlar/.

Qorbobojon.

Orqamda  qopim  katta,
Unda  bordir,  albatta.
Shirin  kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u  o’yinchoqlar.
Ulashaman  sizlarga,
Dono  o’gil-qizlarga!

Yangi Qorbobojon.

Qorbobojon qorbobo,
Sovg’alari bor bobo,
Uyimiz juda issiq,
Erib ketmang jon bobo!

Qorbobojon kelyapti,
Soat sakkiz bo’lyapti,
Qorbobomiz kelyapti.
Keling, keling Qorbobo,
Sovg’alari bor bobo!

Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida sherlar.

Qorbobolar keladi.

Qorbobolar keladi,
Etagi qor supurib,
Yonida qorqiz kelar,
Qop ko’tarib yugurib.

Ayoz kelib sher so’rar,
Yonidagi boladan,
Bola boshlar she’rini,
Ovoz chiqar noladan.

Qorbobojon qorbobo,
Boks qo’lqop borbobo,
Birov sanga tashasa,
Basharasin yorbobo.

Tavsiya etamiz : Qish haqida sherlar.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top