Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun. Ushbu maqolada Ruslar va O’zbeklar tomonidan yaxshigina tantana bilan kutib olinadigan yangi yil haqida she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’rlarni o’qing yod oling va o’qituvchingizga aytib bering.
Yangi yil haqida sherlar.
За окном снежинок стая,
Тоже водит хоровод.
Попрощавшись с годом старым,
Мы встречаем Новый год.
(Татьяна Мельникова)
Снова пахнет свежей смолкой,
Мы у елки собрались,
Нарядилась наша елка,
Огоньки на ней зажглись.
Игры, шутки, песни, пляски!
Там и тут мелькают маски…
Ты — медведь, а я — лиса.
Вот какие чудеса!
Вместе встанем в хоровод,
Здравствуй, здравствуй, Новый год!
Tavsiyalar : Boshqa she’rlar bolalar uchun.
Assalom Yangi yil

Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
Xush kelding yangi yil.
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Qorbobo qopi.
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
Tavsiyalar : Boshqa she’rlar bolalar uchun.
Yangi yilimiz.
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.
Yangi yilga yetdik.
Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Yangi yil to’rtliklar – Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun.
Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
Sizga yangi kunda yangicha tilak.
She’rlar to’plami : Ona ota haqida she’rlar











