Bosh sahifa » Bolalar uchun sherlar

Bolalar uchun sherlar

Bolalar uchun sherlar. Ushbu maydonda anchadan beri qo’yib borilishi kerak bo’lgan sherlarni bolalar uchun qisqa sherlarni joylashtirdik. Marhamat qilib ularni bolalarga o’rgating. Kontur pubj o’ynamay sher o’rgansa yaxshi bo’ladi.

Vatan – bolalar uchun sherlar.

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.

Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)

Madhiyam.

So‘z mulkining ra’nosi,
Tengsiz mazmun-ma’nosi.
Shod dillarning sadosi –
Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.
Tenglar ichra teng bo‘lgan,
Baxtu iqboli kulgan.
Jannat bog‘ida gulshan –

Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Yurt dong‘ini taratgan,
Tilimizni sayratgan.

Saroylarni yangratgan –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Xalqim asriy orzusi,
Istiqlolim ko‘zgusi.
Har bir yurak yog‘dusi –
Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam.

Tavsiya etamiz : Ona haqida sherlar.

Ona diyor – Bolalar uchun sherlar

O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

Bolalar uchun qisqa sherlar.

“A” harfi
Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!

“B” harfi
Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!

“D” harfi
Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!

“E” harfi

Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.

“F” harfi

Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.

“G” harfi

Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!

“H” harfi

Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt

“I” harfi

Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.

“J” harfi

Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.

“K” harfi

Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.

“L» harfi

Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.

“M” harfi

Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.

“N” harfi

Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.

“O” harfi

Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.

“Y” harfi

Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.

“P” harfi

Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!

“Q” harfi

Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.

“R” harfi

Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston

“S” harfi

Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor

“T” harfi

To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.

“U” harfi

Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.

“V” harfi

Vatanim, volidam vatanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.

“X” harfi
Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.

“Z” harfi

Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.

Tavsiya etamiz : Ona haqida sherlar.

Ona tili.

Har bir harf , bo’g’indan
Tuzamiz turli so’zlar.
Ozoda va chiroyli
Yozsak quvonar ko’zlar.

O’qish – Bolalar uchun sherlar

She’r , hikoya , ertakni
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta ,
O’qiganni uqiymiz.

Matematika.

Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.

Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida sherlar

Hayvonlar haqida – chumoli.

Bellar qildek, tin bilmas,
Bizlar bir jon-bir tanmiz.
Intizom hech buzilmas —
Tizilishgan marjonmiz.

Topsak hamki bir uvoq,
Talashmayin yeymiz biz.
Ahillik noni har chog’
Barakali deymiz biz.

Tulki – bolalar uchun qisqa sherlar

Mendirman o’sha tulki,
Bo’lganman juda kulgi.
Tovuq-xo’roz o’g’risi,
Ayyordirman to’g’risi.
Dumim bor ancha uzun,
Dam olaman kunduzi.
Bo’lsa ham-ki, kun sovuq,
Ovdaman, o’ljam tovuq.
— RO’ZIMUROD BOLQIYEV

Ushbu sherlar saytlardan olindi.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top