Konstitutsiya haqida sherlar. Ushbu maqolada yurtimiz konstitutsiyasi haqida ajoyib she’rlarni taqdim etib boramiz. Ulardan foydlanish uchun she’rlarni o’qib chiqing.
Konstitutsiya haqida sherlar.
— Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
Qomusimiz.
Kunlar ichra ulug’ kun,
Yana bir bayram bugun.
Ulug’ kunligi shuki,
Qonunlar kuni bugun.
****
Bo’lim, bobdan iborat,
Bo’linib moddalarga.
Hamma qilar itoat,
Konstitutsiya qonunlarga
****
Xalqni etib shodumon,
Qonunlar kuchga kirgan.
Yosh-u qari hammani,
Izzat hurmatin qilgan.
****
Kim qaerda bo’lmasin,
Qonunga tayanadi.
Kerakka berar yordam,
Qonunga suyanadi.
****
Inson manfaatini
Olib chiqib yuksakka.
Har ne ezgu, barini,
Yetkazadi tilakka.
****
Shoh-u gado erur teng ,
Qonunlarning oldida.
Charchaganda dam oling,
Bu huquqingiz biling.
****
Kuch adolatdadir,
Degandi bobom Temur.
Adolat bo’lgan yerda,
Xavf xatar ham chekinur.
Tavsiya etamiz : Ona haqida sherlar.
Konstitutsiya muqaddas.
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Kitobni yuklab oling : Konstitutsiya kitobi
Senariylar : Konsttitutsiya haqida
Konstitutsiya oliy qomusim
Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan SHiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Qomusim -Konstitutsiya haqida sherlar
Havas qilsa arzigulik baxtim bor.
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor
Men elimning qomusini kuylayman.
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi,
Faravon zamonam porloq dilbandi,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan.
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan,
El-yurt qalbidan g’uborlar ketgan,
Baxtliman buyuk qomus sharofatidan.
Har tomon uzatsam yetgay qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgay o’ngu-so’llarim,
Nurlarga ko’milgay oydin yo’llarim
Baxtliman buyuk qomus sharofatidan.
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!!!
Tavsiya etamiz : Ona haqida sherlar.
Konstitutsiya
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u.
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oily hakam!.
Ustozlar haqida she’rlar.
Senariylar : Konsttitutsiya haqida
Kitobni yuklab oling : Konstitutsiya kitobi
Ushbu sherlar saytlardan olindi.











