Bosh sahifa » Ustozlar haqida sherlar

Ustozlar haqida sherlar

Ustozlar haqida sherlar. Ushbu maqoda Ustoz va murabbiylarimiz haqida eng zo’r she’rlarni joylashtiramiz. Ushbu she’rlarni o’qib ulardan zavqlaning va ustozlarga sovg’a sifatida yod olib aytib berinig.

Ustozlar haqida sherlar.

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Oddiy muallimda Oddiy muallim sheri.

Oddiy muallimda Oddiy muallim sheri.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda båbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mån Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ustozim ustoz haqida sher

Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

Tavsiya etamiz : Ona haqida she’rlar

Ustoz haqida sher 4 qator.

Ustoz haqida sher 4 qator.

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

****

Shirin so’zdan, nurli yuzdan yorug’ yo’llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho’llar.
Shu zotlarni, shogirtlarin ko’kka yo’llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang ustozlarga!

****

Bilim olib chinakam,
O’rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O’qituvchi — muallim.

****

Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.

Muallim – ustoz haqida sherlar

Ko‘z o‘ngimda
Ochdi dunyo
Muallimim.
yo‘llarimga
Sochdi ziyo
Muallimim.
Go‘dak edim
Ona kabi
Parvarishlab,
Ulg‘aytirdi
Meni don
Muallimim.
Shogirdmanki
Taxt turaman
Xizmatiga,
Qilsa agar
Bitta imo
Muallimim.
— Tursunboy Adashboyev

Muallim haqida – ustoz haqida sher 8 qator

Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.

Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.

Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, G‘afur G‘ulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.

Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu.

Darsdan keyin – ustoz haqida sherlar Muhammad Yusuf.

Darsdan keyin - ustoz haqida sherlar Muhammad Yusuf

Kimnidir koyidi chekkani uchun.
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.

«Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr».

Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh.
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
«Ko‘ngli sovidimi…» — vahm etdi birdan.

Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting, — dedi . — Kech bo‘lib qoldi»
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.

Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi.
«O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo…»

Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.

Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.

Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng — yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi — yoqardi, qashqir — to‘xtardi,

Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi

Muallimda daftar, qashqirda — toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi

Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay

Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,

Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin… ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni

Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
… Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver
Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni…

Ustoz Bo’lmasa – Iqbol Mirzo.

Ustozlar haqida sherlar

Jahon obodligi ustoz bilandir,
Dilda qaror bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.
Kamolot, kushufot ustoz bilandir,
Ishda baror bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Yo‘qdan olim bo‘ldi otamiz Odam,
Haqdan ta’lim oldi Sarvari olam,
Sabab olaminda bul kuni bekam
Ilmu anvor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Har yo‘l, har sohaning bir piri bo‘lur,
Ehtirom dil ahlin tadbiri bo‘lur,
Har ishda ustozning bir siri bo‘lur,
Kashfi asror bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Hikmat ko‘p ilmu fan, kasbu korida,
Dehqon ketmonida, dorboz dorida,
Oshpazning bir siri – garmdorida,
Shogird hushyor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Ustoz qadrin bilur har qalbi salim,
Hayot darslaridan bergaydir ta’lim,
Dillar ardog‘ida – aziz muallim,
Kimsa sardor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Ma’rifat, iqtisod, san’at turlari,
Osmon eshiklari, yer unsurlari,
Ustoz-la ochilgay Qur’on sirlari,
Hadis oshkor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Pushtli, ustozlidir har bir siniqchi,
Beustoz muhandis – oddiy chiziqchi,
Ustozsiz ochilmas hatto qiziqchi,
Suxan tagdor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

O‘zi o‘sgan daraxt meva bermagay,
Surchi o‘z to‘yida surnay chalmagay,
Sartarosh o‘z sochin o‘zi qirmagay,
Usta sarkor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Ustoz ko‘rgan zotlar ishga omildir,
Zakovat ahliga bu so‘z shomildir,
Ustozning avlosi piri komildir,
Dilda bahor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Mirzo, har ko‘ngilda niyat bor bo‘lsin,
Vatan obod, el ham baxtiyor bo‘lsin,
Pokdil ustozlarga Tangri yor bo‘lsin,
Hayot gulzor bo‘lmas, ustoz bo‘lmasa.

Marifatda Ustoz.

Mundoq o‘ylab qarasam,
Sizga bitmabman hech she’r.
Qalam haqqiga qasam,
Sizsiz zabun edi Yer.
Ne bo‘lg‘ay holi, ma’lum,
Xatsiz yo‘li xatodir.
Dunyoda ilk muallim,
Shaksiz, Odam Atodir.
Ko‘kdan imon gavhari
Zaminga tushmish bot-bot.
Payg‘ambarlarning bari
Edi hazrati Ustod.
“O‘qi!” deya avomga
Ulashmish inju sirlar.
Yo‘llab buyuk dovonga,
Shamchirog‘ tutmish pirlar.
Borliq – zulmat, qorong‘u,
Chimmatga cho‘mgan chog‘da.
Yonib yulduz qarog‘i –
Go‘yo cho‘g‘day o‘chog‘da…

Davomi.

Olamga mayoq bo‘lib,
Lovullab porlagansiz.
Ko‘z, qo‘lu oyoq bo‘lib,
Nur sari chorlagansiz.
Siz – Beruniy,
Siz – Sino,
Siz – Farobiy, Ulug‘bek.
Oq qog‘ozdek pok siymo,
Sehringizga yo‘qdir chek.
Yanchib Haqqa yot ishni,
Olamga solmish suron –
Poyingizda yotishni
Baxt bilmish Sohibqiron!
Hali-hanuz bu – ibrat,
Abadiy tuzuk kabi.
Baxsh etar g‘urur, hikmat –
Temurbeklar maktabi.
Men ham – bir ilmi tolib,
Hali chala darsim ko‘p.
Qanday ketayin tonib,
Oldingizda qarzim ko‘p.
Garchi “Qo‘ygil, bu ne gap,
Egma boshing hech…” deysiz.
Xom, g‘o‘r she’rlarim tinglab,
Balli, bahong “besh”, deysiz.
Mashqim o‘zimga ma’lum,
Tansiqdir toza tashbeh.
Mehri daryo muallim,
Chalg‘isam, bering tanbeh.
Yengingizga yuqqan oq –
Bo‘rmas, ko‘nglingiz yuqi.
Zimmangizda ulkan tog‘ –
Yorug‘ kelajak yuki.

Davomi  2

Men ham siz-la yonma-yon
Shu yukni ko‘tarsaydim.
Oldda – buyuk imtihon,
O, undan o‘tolsaydim!
Balki shunda salgina
Bo‘lgaymi yuzim yorug‘.
O‘zimdan qilmay gina,
Olsam maqtovli yorlig‘…
Siz-chi, kutmaysiz olqish,
Sizga ilinj, tama’ yot.
O‘qib-yozib toliqish –
Sizga kundalik hayot.
Dasta-dasta daftarga
Sochasiz ko‘z nurini,
Sinf-sinf saflarga
Sarf etib bor umrni…
Shogirdlar qalbiga, oh,
Sekin singib boryapsiz.
Iqbolidan shodon, goh
Jim xo‘rsinib boryapsiz.
Tolmang!
Fidoyi Ustoz,
Sizga tirgak shu Vatan.
Qancha ta’zim qilsak – oz,
Qancha alqasak-da kam.
Garchi ko‘nglimda so‘z mo‘l,
Garchi bitmas hech ta’rif.
Lekin boshqalar ham qo‘l
Silkiyapti ko‘tarib…
Dunyo – keng saboqxona,
Dunyo – rang-barang maktab.
Qutlarkan, shu bahona
Yurtimni qo‘yay maqtab.
Tasdiqlaydi to‘rt tomon,
Darsi olamga yoddir:
Donishmand O‘zbekiston –
Ma’rifatda Ustoddir!

Ustozim omon bo’ling.

Yana qalam ushladim,
Sher yozishni boshladim.
Talablarga binoan.
Ustozlarni maqtadim.
Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.
Ex ustozlar bor bo’ling.
Doimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doimo omon bo’ling.
Xamon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.
Goh so’zlaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlaringiz olgan odam.
Xech qo’rqmaydi sinovdan.
Qancha maqtov bo’lsa kam.
Chunki siz bor yorug’ olam.
Ustoz ko’rmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.
Bilib bilmay sizlarni.
Ko’p ranjitib qo’yamiz.
Umr o’tib kech bo’lganda.
Afsus qilib yig’laymiz.
To’g’ri bazi paytlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qo’l ishlatib ursangizda.
Yomon bo’l deb urmaysiz.
Bo’lsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
O’zligingni anglab ol.
Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Ustozim -Ustozlar haqida sherlar

Qalblarida mehrdir,
So’zlarida sehrdir
Ko’zlari to’la quvonch,
Aziz buyuk ustozim.
Bolalarni sevasiz,
Bizga ta’lim berasiz,
Sabr qanoatlisiz
Mehri daryo ustozim.
Dasta-dasta gul tutsam,
Arzimas bu bilimga,
Barcha ezgulik sizga
Aziz buyuk ustozim.

Ustoz – Ustozlar haqida sherlar

Bilim — katta daryo,
ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,
Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob.
Kundaligim varag’ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi
— Bolalikda to’g’rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo’lga oldim,
O’quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

Tavsiya etamiz : Ona haqida she’rlar

Ushbu she’rlar uztili.uz sayti hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlardan olindi.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top