Bosh sahifa » Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish yakunlanadi

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish yakunlanadi

📌2026/2027-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish istagida boʻlgan fuqarolar uchun hujjat topshirish jarayoni bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi. 10-avgust soat 09:35 holatiga ko‘ra, 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan.

Nomzodlar my.edu.uz platformasida:
⚫️ pasport va JSHSHIR maʼlumotlarini kiritadi;
⚫️ diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
⚫️ o‘qish istagidagi oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yo‘nalishini tanlaydi.

✔️Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha qabul kvotalari (parametrlari) OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasining oʻz Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.

🔍Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul natijalari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar eʼlon qilinadi.

She'rlar
Kelajak soati
Imtihon 2026
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top