Bosh sahifa » Magistratura uchun qo‘shimcha qabul ochildi

Magistratura uchun qo‘shimcha qabul ochildi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud (https://t.me/eduuz/38429).

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

Tavsiya etamiz : Saytimiz

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top