Bosh sahifa » Magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlandi

Magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlandi

Magistratura mutaxassisliklariga qabul har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Talabgorlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjat topshirishlari mumkin.

📌Amaldagi tartibga ko‘ra, magistratura bosqichiga hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi;
➖xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.

🔹Magistratura qabulida xorijiy til sertifikati darajasi yo‘nalishga qarab B1, B2 yoki C1 etib belgilangan hamda ayrim toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar qo‘llaniladi.

🔹College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

✅Shu bilan birga, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar magistraturaga qabul qilinishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishi shart emas.

She'rlar
Insholar
Imtihon 2026
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top