Bosh sahifa » Dars taqsimoti qoidalari

Dars taqsimoti qoidalari

Dars taqsimoti qoidalari. DARS TAQSIMOTINI QUYIDAGICHA AMALGA OSHIRISH ZARUR

  • ➖ oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
  • ➖ dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangandarajasi va amal qilish muddatiga koʻra);
  • ➖ birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
  • ➖ ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
  • ➖ oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
  • ➖ qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga koʻra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi);
  • ➖ oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;
  • ➖ oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undanyuqori kurs talabalari;
  • ➖ oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchioʻqituvchilar uchun);
  • ➖ oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Dars taqsimoti 3271-1 ohirgisi@e_baza_ishreja Hujjat 2026-yil 1-avgustdan kuchga kiradi.

Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi. Dars taqsimoti qoidalari.

Barcha fanlardan testlar to’plami : o’tish

She'rlar
Kelajak soati
Imtihon 2026
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top