Bosh sahifa » Mustaqillik maydoni

Mustaqillik maydoni

Mustaqillik maydoni haqida ma’lumotlar, rasmlari va boshqa eng chiroyli ma’lumotlar.

Mustaqillik maydoni haqida.

Bu nafaqat Toshkentning, balki butun O‘zbekistonning asosiy maydonidir. Katta va keng, qalin ko‘kalamzor bilan o‘ralgan va son-sanoqsiz favvoralar bilan bezatilgan maydon ikkita tarixiy markazni – Eski shahar va Toshkentning yangi qismini birlashtiradi. Maydonning markazida “Mustaqillik va ezgulik” yodgorligi o‘rnatilgan bo‘lib, uning ustiga milliy suverenitetimizni dunyo tomonidan tan olinishining ramzi sifatida respublikamiz hududi o‘yib tushirilgan sayyora tasvirlangan bronza shar o‘rnatilgan. Pastki qismida esa –“Baxtiyor ona” haykali.

Yodgorlik haykaltaroshlar Ilhom va Kamol Jabborovlar tomonidan yaratilgan. Mehribon yuzli va ko‘zlari baxtdan porlagan oddiy o‘zbek ayoli Vatan, hayot va donishmandlik timsolidir. Uning ko‘zlari har qanday onaning hayotidagi eng qimmatbaho boylik – yosh mustaqil millatning tug‘ilishini anglatuvchi farzandiga qaratilgan. U o‘zining bebaho xazinasini ehtiyotkorlik bilan ushlab turibdi va farzand ishonchli qo‘llarda. “Baxtiyor ona” haykalining bo‘yi 6 metr, bola haykalining uzunligi esa 3,5 metr.

Biz farzandini avaylab bag‘riga bosib, unga mehr bilan qarab turgan baxtli onaning qiyofasi namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Yodgorlik tinchlik, farovon hayot, baxtli kelajakka ishonch hamda hozirgi va kelgusi avlodlar uchun baxtni anglatadi. Bu, shuningdek, demokratiya va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etayotgan, inson huquqlari va manfaatlarini ustuvor deb e’lon qilgan mamlakatda ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmatning ifodasidir.

Tasviya etamiz : Mustaqillik haqida she’rlar

Mustaqillik maydoni rasmlari.

Tasviya etamiz : Mustaqillik haqida she’rlar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top