Bosh sahifa » Hosil bayrami uchun sherlar

Hosil bayrami uchun sherlar

Hosil bayrami uchun sherlar. Ushbu maqolada Hosil bayrami uchun saralangan she’rlarni taqdim etamiz. Hosil bayrami uchun sher o’rganish bu yoshlarni bayramga nisbattan mehrini hamda meva va sabzavotlarni qanday yetishtirilishi haqidagi tushunchasini oshirishga yordam beradi.

Hosil bayrami uchun sherlar.

Salom aziz do’stlarim,
Qalbi qaynoq yoshlarim.
Bugun xosil bayrami,
Xursandchilik har dami.

Kuy qo‘shiqlar kuylaymiz,
Mevalardan suylaymiz.
Quvonch to’la qalbimizga,
Keling do’stlar davramizga.

Mehrjon bayramiga.

Assalom asl so’zim
Bayrami bugun kuzim.
Xush kelibsiz Mehrjonga,
Mevalar to’la konga.

✍️: Islomova Mukambar

Ochil paxtajon.

O’lkamizning husni,

Ochil paxtajon.

Sendan baxtimiz,

Kular har qachon.

Ko’klardan ochsin,

Biz uygan xirmon.

Bizlarga g’amxo’r,

Yurtboshi xar on

Ochil mehr-la,

Terib olaylik

Keng jahon bo’ylab,

Dovruq solaylik.

Hosil bayrami.

Qarang, savat liq to‘ldi,
Hamma jamuljam bo‘ldi.
Qovun dedi: – kulinglar,
Dasturxonga kelinglar.

Xursand bo‘libdi anjir,
O‘ynatib rosa zanjir.
Kuylabdi karam faqat
Ko‘ylagi qavat-qavat.

Nokvoy tushar o‘yinga,
Gilos taqib bo‘yinga.
Oshqovoq ham tez shoshar,
Kulib umbaloq oshar.

Kеldi mеhrjоn bаyrаmi.

Hush kеlibsiz mеhmоnlаr
Bоg’chаmizgа mаrhаbо
Kеldi mеhrjоn bаyrаmi
Shоdlik bo’lsin dоimо

Nok mavalar.

Nоk mеvаlаr аsili
Ertа pishаr hоsili
Shirinligi huddi bоl
Pishgаnini tеrib оl
Qo’shiq o’ynаymiz

Kuz

Kuz keldi bizlarga oltin kosada
Sharbat ola keldi,bol   ola keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar,
Omborlar liq to’la don ola keldi.
Keng vodiylar bilan,dala bilan bir,
Paxta ola keldi,shon ola keldi.

Tavsiya etamiz : Kuz haqida she’rlar

Tavsiya etamiz : Kuz haqida maqollar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top