Ota haqida sher. Ushbu maqolamizda nafaqat ona haqida balki ota haqida eng sara sherlar to’plamini taqdim etamiz. Siz ham ularni o’qib chiqing. Ulardan foydalaning.
Ota haqida sher.
Boshda tojim yagona qizim!
Faxr bilan aytasiz Ota!
Ikki óg’lim ikki qanotim,
Bir qanotiz xasta Ota!
Bu dardlarim balki baxtim,
Siz kuyunmang, siqilmang Ota!
Yigʻlaganim mening kulganim,
Dalda berib aldamang Ota!
Peshonada bori bu axr,
Aybimiz yóq bizni Ota!
Kunlar kelib qilamiz faxr,
Menga omad kuladi Ota!
Pinxon emas mening dardlarim,
Oshkor qilib qoʻrqmadim Ota!
Yurakda bor katta armonim,
Sizga suyanch boʻlmadim Ota!
Sizga hamrox munis Onam!
Umidingiz soʻnmasin Ota!
Xizmatizda Opam, Akam!
Gʻururingiz sinmasin Ota!
Men bechora boʻlib qolmayman,
Bir kun orzu ushalur Ota!
Shu soʻzimni aniq aytgayman,
Vada berib bajargum Ota!
Sizga Shamshod boʻldi tashvish,
Ammo gʻamgin boʻlmadiz Ota!
Bólmang sira boʻlmang xomush,
Sizdeb oʻtar umrim Ota!
Tavsiya etamiz : Ota ona haqida boshqa sherlar
Otam
Ey umrim javhari davlatim Otam,
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.
Bu dunyo sinovli yolgʻonchi dunyo,
Oʻtgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim boʻlsada ammo,
Boʻlolmas siz kabi dartkashim Otam.
Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni eshitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib boʻlibman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.
Bogʻ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bogʻbon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qoʻli gul bogʻbonim Otam.
Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur koʻkdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda soʻzim,
Togʻ kabi sarviqor osmonim Otam.
Joningizga jon boʻlolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa edi berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bogʻim,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!
Qalqonim otam.
Yelkangiz oʻparkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada boʻston vahmida
Eʻzozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
Oʻzin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi gʻunchadek soʻlgan,
Ogʻir sinovlarda ne boʻlsa-boʻlgan…
Yuzi qaygʻursa-da, koʻzlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lugʻati yoʻq yigʻlab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yigʻlagan tushda
Yillarga ulgʻaygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qoʻshigʻim aytdim,
Qadringizni oʻylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan boʻlsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!
Tavsiya etamiz : Ota ona haqida boshqa sherlar











