Ota va ona haqida sherlar. Ushbu maqolada qadri baland bo’lgan ota hamda ona haqida she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’riy sahifada sizlar ota onaga bo’lgan muhabbatni anglab yetasizlar. Har holda shundan umidvormiz.
Ota va ona haqida sherlar.
Дадамизни эслаб шунда ҳар тонгда
Мунгли куйлар эди аяжонимиз.
Куй бўлиб учмоқни қиларди орзу
Дадамни бир кўриш қасдида.
Ammо қанотларин ёзолмасди у,
Чунки биз бор эдик қанот остида.
Dadajonimga.

Mol-dunyo o’tkinchi o’tadi degan,
Ko’zimni to’q qilgan nafsimsiz OTAM.
Egilgin, bukulgin, sinmagin degan,
Qaddimni boylagan g’ururim OTAM.
Birovning dilini og’ritma degan,
Siz mening eng toza vijdonim OTAM.
Tosh bo’ron qilsalar, tosh otma degan,
O’tkinchi dunyoda halolim OTAM.
Og’risam bildirmay parvona bo’lgan,
Asragan yagona nurimsiz OTAM.
Yig’lasam o’zini yer-ko’kka urgan,
Boshimni suyagan tog’imsiz OTAM!!!
Tavsiya etamiz : Ona haqida she’rlar
Onamga.
Ovunchog’m bir keldi deb olamga
Bor bisotim ehson qildim bolamga
Men shunchalik ojizmanmi yo rabim
Onamga kim kuyar axir onamga
Ikki kunlik jononlarni suydim men
Bir bevafo firoqida kuydm men
Nahot vijdonimni aldab qoydm men
Onamga kim kuyar axir onamga
Nuri diydam bir keldi deb olamga
Aytganini paydo qildim bolamga
Men shunchalik ojizmanmi yo rabim
Onamga kim kuyar axir onamga
Bandasiga kuyar ekan hudoyim
Suysa chindan suyar ekan hudoyim
Aytchi menga qo’ynimdagi begoyim
Onamga kim kuyar axir onamga
Dadajon.
O’z-o’zimni pichoqsiz so’ydim
Yuragimni sog’inchdan o’ydim
Bu dunyodan juda xam to’ydim
Tushlarimga kiring Dadajon
Meni yetim qilgan o’zingiz
Bir bor ko’ray qizil yuzingiz
Qayerlarda qolgan izingiz
Tushlarimga kiring Dadajon
Menga ayting o’shal arzingiz
Tushunmabman sira dardingiz
Yomon o’tdi bugun qadringiz
Tushlarimga kiring Dadajon
Dushmanlarga to’la koshonam
Vayron bo’ldi sizsiz koshonam
Bunchalar sho’r ekan peshonam
Tushlarimga kiring Dadajon.
Hayotim quyoshi butkul sunganda
Qalbimni zulmat makon etganda
Kuzimda yoshim daryo bulganda
Nur taratgan nurli farishtam onam
Guyoki uxshardim qurigan gulga
Kuklarga otilgisi kelardi nolam
Xech narsa siqmas mayus kungilga
Uz iforin taratgan rayhonim onam
Shunday onalar borki dunyoda
Mexriga hatto toshlar ereydi
Garchi ugay bulsada u zot
Ugay onam bu deging kelmaydi.
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar
Sen onangni rozi qildingmi.

Бунча шодсан, бунчалар хурсанд,
Ёки бахтдан сармаст кулдингми?
Бир саволим сенга биродар,
Сен онангни рози қилдингми?!
Назар қилмай бирор кимсани,
Рақиб билиб барча-барчани,
Ёнимга кел, ростин айт қани,
Сен онангни рози қилдингми?!
Нима? Қайтар? Машина олдинг?
Қават-қават уй-жойлар” солдинг?
Қўй, мақтанма, уятга қолдинг,
Сен онангни рози қилдингми?!
Кўча-куйда ғоздек юрганинг,
Кўз бойлади дунё кўрганинг,
Эҳ оғажон, нима қилганинг,
Сен онангни рози қилдингми?!
Таъна қилиш ниётим йўқ кўп,
Жаннат излаб юрганиг ҳам хўп,
Ҳаж керакми? Онанг пойин ўп,
Дилоромнинг кўнглин билдингми?
Сен онангни рози қилдингми?!
Otajon.
Кузларимга киприк булиб,
Губорлардан саклаган.
Ганимларга кукрак тусиб,
Балолардан асраган.
Фарзанд дея кор-ёмгирда,
Захмат чекиб толмаган.
Пулатдек кургоним менинг,
Отажоним,Отажон!
Куёш чикиб тана куйса,
Соя булган бизларга.
Бурон туриб кумлар учса,
Коя булган бизларга.
Узи бемор,узи дармон,
Табиб булган бизларга.
Суянган тогим менинг,
Отажоним,Отажон!
Оч булсада фарзандим деб,
Нон узмаган узига.
Пайкалларда сувлар кечиб,
Дам бермаган узига.
Дард келсада шодон кулиб,
Гамни олган узига.
Кайрилмас канотим менинг,
Отажоним,Отажон.
Дунё яралгандан буён,
Ота,сира тинмабди.
Ота берган дуолардан,
Кайси фарзанд унмабди?
Дуо олган угил-кизни,
Охирати куймабди.
Ёлгиз калконим менинг,
Отажоним,Отажон.
Мен хам сиздек окил доно,
Ота булай боламга.
Угитингиз айтиб хар дам,
Хикмат булай боламга.
Сиз устирган чинор каби,
Нихол булай боламга.
Хизиру-мавлоним менинг.
Отажоним,Отажон!
Qadriyat – Ota va ona haqida sherlar.

Инсон учун тилаклар бисёр,
Гар кўрсангиз раво, чин кўринг!
Элимизда зўр бир тилак бор,
Болангизнинг рохатин кўринг!
Омад тилаб бўлмам овора,
Ё бахт тилаб юрмам минг бора,
Бахт-омадга энг гўзал чора –
Болангизнинг рохатин кўринг!
Бусиз бўлар бир кун минг ойлик,
Бўлсангиз хам тахту саройлик.
Ўлчовларга сиғмас бу бойлик
Болангизнинг рохатин кўринг!
Акси бўлса, эгилар тик бел,
Тўқ бўлса хам учиради ел.
Ота- Онасига рахмат, десин эл,
Болангизнинг рохатин кўринг!
Яшанг кўзда асло нам кўрмай,
Бир кам дунё ичра кам кўрмай,
Юз ёшда хам бирор ғам кўрмай,
Болангизнинг рохатин кўринг!
Рохатлар кўп, рохатлар талай,
Рохатларнинг қай бирин санай?
Бошқасини кўйинг, айланай,
Болангизнинг рохатин кўринг!
Onamni sog’indim yana va yana.
Onamni sogindim,yana va yana!
Yugursam yoniga,to’xtamay chopsam,
Issiq qo’llarini o’psamu,yana,
Poyidan Ravzayi Jannatni topsam!
Sizki,bilmaysizda qanday onam bor?!
Yuzidan oy olgan nurin o’ziga,
Bizdek yetimlarni asrab kunu tun.
Saodat tilagan o’g’il qiziga.
Bir qo’lida mushaf,birida tasbeh,
Zikru salovatlar tushmas tilidan.
Bizki solib qo’ydik,yuziga ajin,
Madorin tugatdik,olib belidan!
Tinmay duo qilar,duoki shunday,
“Sen meni Jannatiy qizimsan!”-derlar.
“Qur’onni o’rgatib,yo’l korsatganim,
Qiyomatda yorug’ yuzimsan!”-derlar!
Bilmaysizda ona,men gunohkorni,
Qancha xatolarim bekitgan Sattor,
Mening umid qilgan Rasulim(s.a.v) bilan,
Sizdek duogo’yim,tilaguvchim bor!
Meni nelar kutib turibdi ,bilmam.
Oldimda barzah bor,maydoni Mahshar.
Sizdan o’tinaman,meni kechiring.
Sizni qancha qancha ranjitganim bor!
Men o’sha hammaga tilaguvchi baxt,
Hech kimni do’zahda kormasam zinhor.
Menda neki yaxshi hislatlar bo’lsa,
Bari sizdan o’tgan aytaman takror.
Ey,Robbim!Rohmansan,asra onamni.
Ko’rmasinlar aslo bizdan yomonlik.
Qiyomatda Robbim chaqirib meni,
Desa:”Men Onangga berdim omonlik!!!”
Shul onda bo’lardim,qanchalar shodon.
Jannat tahtlarida ketsa uchirib,
Duo qilyapmanu,yig’lab men nodon.
Kelsam Toshga sizni olib,ko’chirib!
Yonimda bo’lsangiz,to’ymasam qarab.
Ko’zimning nurlari bo’lsa ziyoda.
Jannatni izlagan osiyman va lek,
Asli siz Jannatim yorug’ dunyoda!
Tavsiya etamiz : Bolalar haqida she’rlar
Meni qiynab yubording – Ota va ona haqida sherlar.

Kesib ko’ksimni yording
Dilimga olov solding
Sevging boshingda qolsin
Meni qiynab yubording
Seni sevishim bilib
Sabrimni xam sindirib
Ko’p noo’rin rashk qilib
Meni qiynab yubording
Bezorman xanjarlardan
Qalbimni yancharlardan
Charchadim janjallardan
Meni qiynab yubording
Sendan seni izlayman
Eski xoling qo’msayman
Tinch xayotni istayman
Meni qiynab yubording
O’jarlashib boryapsan
Dilimni og’rityapsan
Meni tushunmayapsan
Meni qiynab yubording
Boshdimda ming bitta o’y
Bir kun bo’lar o’sha to’y
Bir kun o’z xolimga qo’y
Meni qiynab yubording
Kesib ko’ksimni yording
Dilimga olov solding
Sevging boshingda qolsin
Meni qiynab yubording.
O’sha biz kutgan kun keldi ona.
Beva boshingizda qirq mingta ta’na
Taqdir zarbalari ortiqcha yana
Bir oz sabir qiling bir oz chidang bas
O’sha biz kutgan kun keladi ONA
Dunyo tashvishlarin chetga suraman
Erkakcha so’z bo’lsin vada beraman
Sizni eng baxtli ayol qilaman
O’sha biz kutgan kun keladi ONA
Otam nomart ekan tashladi ketti
Sog’inch xanjarlari bo’g’zimni yirtti
O’g’lingiz otasiz voyaga yetdi
O’sha biz kutgan kun keladi ONA
Mexringiz qalbimga cho’yandek payvand
Ko’nglimni ezmaydi na bir xasday dard
Ilxomim oshirib yubordi xasrat
Eng katta nafratim otamga nafrat
Agar gunox bo’lsa o’zimga lanat
Bir kun qadrimizni biladi ona
O’sha biz kutgan kun keladi ONA.
Bir oyda bir ko’rishsak…
Manzil uzoq borolmayman xech
Orzularni bo’lishsak deyman
Mayli xar kun bo’lmasa xam lek
Bir oyda bir ko’rishsak deyman
Sog’inchlardan to’lar yuraklar
Sog’inchlardan so’nar yuraklar
Xar kun sizni so’rar yuraklar
Bir oyda bir ko’rishsak deyman
O’ksik ko’ngil diydor istaydi
Xar lag’zada sizni qo’msaydi
Sog’inganim bilsangiz edi
Bir oyda bir ko’rishsak deyman
Jon jigarim yaqin do’stlarim
Og’ir kunda yelkadashlarim
Olisdagi qarindoshlarim
Bir oyda bir ko’rishsak deyman
Keling yaxshi kunlar eslaylik
Do’ppodek bir oshni damlaylik
Bir davrada gurunglashsaydik
Bir oyda bir ko’rishsak deyman
Manzil uzoq borolmayman xech
Choy ustida kulishsak deyman
Mayli xar kun bo’lmasa xam lek
Bir oyda bir ko’rishsak deyman.
Lablaringdan o’pgim keldi.

Sochlaringa o’zimni osib
Qalbing sari yangi yo’l ochib
Seni quchib, bag’rimga bosib
Lablaringdan o’pkim keladi
Ko’zlaringa nigoxim qadab
Seni tanxo yolg’izim atab
Shirin so’z-la avrab, avaylab
Lablaringdan o’pkim keladi!
Yomon niyat yoqdur dilimda
Faqat takror shu so’z tilimda
Yolg’iz oyning guvoxligida
Lablaringdan o’pkim keladi
Dildan o’chir alamlaringni
Qizg’onmagin bo’salaringni
Tog’ri tushun men oshigingni
Lablaringdan o’pkim keladi!
Zohid Fayzni qiynaydi sog’inch
Yuragida bir gina o’kinch
Sendan so’rar qaynoq bir o’pich
Lablaringdan o’pkim keladi!
Oshiq yurak visolga yetsin
Tilingdagi bollaring emsin
Dunyolar ters aylanib ketsin
Lablaringdan o’pkim keladi!
Turli xildagi she’rlar











