Bayroq haqida sher. Ushbu maqolamizda Bayroq haqida eng chiroyli bo’lgan sherlarni e’tiboringizga taqdim etamiz. Siz ularni yod oling. Millat bayrog’i.
Millat bayrog’i.
Qora o’tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko’zda,muhabbatda,
Porla, Millat bayrog’i!
Osmon to’la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq-
12 si eng yarqiroq,
Porla,Millat bayrog’i!
Mangulik hur yo’lidasan,
O’zgidasan, so’lidasan.
Ozod xalqning qo’lidasan
Porla,Millat bayrog’i
Bayroq haqida sher.
O’n ikkita yulduzcha
Hamda bitta yarim oy.
Yashil, oq va ko’k ranglar.
Uni bezar, Bozorboy.
***
Qani top-chi, u nima?
Bilimingni sinab boq!
— Topish muammo emas,
U yuzimiz — u bayroq.
***
Bayroqga va Vatanga
Sodiq bo’lgin, o’rtoqjon.
Bayroq tug’i ostida,
Yashnagay O’zbekiston!
Tavsiya etamiz : O’zbekiston haqida sherlar.
Bayrog’imiz dunyo uzra.
Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi.
Bir bayroq ostida.
Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rur
O’zbek iftixori vatan bayrog’i
Yashaydi millatlar do’st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog’i
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko’rsam der yurtini jannatiy makon
Bag’ishlab eliga umri qalbini.
Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar,Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon
Istiqloldan keyin ajdodlar tug’in
Yangiladik ne tong erk bo’ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.
Bayroq ranglariga sherlar.
Oq rang:
Men-chi oq rang bo‘laman
Vazifam – doim tinchlik
Timsolim – soflik, poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go‘zallik.
Moviy rang:
Men moviy rang bo‘laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik, mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik, halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O‘zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.
Yashil rang:
Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko‘pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik.
Qizil chiziq:
Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo‘shishidan berar darak.
Oy:
Men bilan tarix bog‘liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog‘liq
Mustaqillik ramzi ham.
Yulduz:
O‘zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog‘ida saodat
Komillikdir eshigi.
Tavsiya etamiz : Vatan haqida she’rlar











