Vatan haqida sher va she’rlar to’plami. Ushbu maqolada saralangan she’rlar to’plamini taqdim etamiz. Unda O’zbekiston hamda vatan, mustaqillik haqida she’rlar kashf etilgan bo’lib, ularni o’qib vatanga bo’lgan mehr yanada oshib ketsa ajab emas.
Vatan haqida sher.
Dilingizda bo‘lsin quvonchi g‘ami,
Kitoblarda emas, qog‘ozda emas.
Bo‘zda yashaysizmi, Buxorodami,
Siz bilan barobar u olsin nafas.
Bolangizni belab qo‘ying tush payti,
Tollar belanchakni uchirsin ko‘kka.
Ammo siz boshida allalar ayting,
Vatan tuyg‘usini soling yurakka.
Ayting, dalalarda egilgan lahza,
Ayting, quyosh qonga botib yotganda.
Ayting, quvonchu g‘am solganda larza,
Ayting, oq ko‘ylakli tonglar otganda.
Ulug’imsan Vatanim.

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, o‘zim sulton,
Sen taxti sulaymonim,
Yolg‘izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri –
Ilig‘imsan, Vatanim…
Sen Mashrabsan, xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko‘ringan da‘vo qilgan,
Ming bir yog‘i ochilmagan
Qo‘rig‘imsan, Vatanim…
Sen ho‘jandsan, chingizlarga,
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan,
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon,
Cho‘lig‘imsan, Vatanim…
Kim qashqarni qildi makon,
Kim enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig‘ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim…
O‘g‘lim desang osmonlarga,
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga,
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beging quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi,
So‘lig‘imsan, Vatanim…
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab, dilin dog‘lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan,
Dudug‘imsan, Vatanim…
Yoningda qon yig‘lagan bir
Shoiringga qarab qo‘y,
Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa,
Detdomlarni so‘rab qo‘y.
Hech bo‘lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo‘y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug‘imsan, Vatanim…
Sen – shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, o‘glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo‘ynimdagi iftixorim,
Bo‘ynimdagi tumorim,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Tavsiya etamiz : Konstitutsiya haqida she’rlar
Muqaddas So’zim vatandir.
Ko‘ngil kimni sevsa, u ko‘zda turar,
Necha boqmasin ko‘z, yana orzular.
Dil orzu-tilagi nima bo‘lsa gar
Og‘iz so‘zga ochgach u tilga chiqar.
O’zbekistonim – Vatan haqida sher.

Dema o’tib ketar sening davroning
Doim qo’limdadir mening imkonim
Dema olislarda sening osmoning
Doim qóllar meni O’zbekistonim
Aytib bersam agar ajdodlarimni
Dema qani ular o’tmishda qoldi
Kimligin unutma unday insonni
Men ham avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk O’zbekistonni
Kóp kerilma dôstim sen yoshsan dema
O’zbek yosh bólsaham dunyo taniydi
O’zingni bil mening ģamimni yema
Menga doim havas qilsang arziydi
Tarixga boq biroz ortinga qara
O’tib ketdi qancha kóksin kerganlar
Asl haqiqatni sen mendan sóra
Sen turgan yurtniham Bobom qurganlar
Hech qachon sen mendan ojizsan dema
Bilgin kam emasman hech bir kimsadan
Dunyoga zórman deb ko’ksingni kerma
Balki kuchlidirman senga nisbatan
Axir avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk O’zbekistonni.
Vatanni sev – vatan haqida sher 8 qator
Orzu qilma koshona
Boylik uchun tókma qon
Axir vatan yagona
Vatan deya bergin jon
Pul deb bõlma jon sarak
Risqingni berar xudo
Nokaslarga qoshilib
Bõlmagin vatan gado
Nokaslar yurtin sotar
Qalblarni qayğu õrtar
El yurt qarğishin olib
Bir kun dõzoxga yotar
Vatanni xoyinlari
Yurtini sotgan ular
El yurt qarğishin olib
Balchiqqa botgan ular
Doim duoga ona
Ayon xudoga ona
Yurtim tinch bõlsin deya
Boqar samoga ona
Sen õzingni anglagin
Bõldi qayt bu yõlingdan
Shu vatanda ilk bora
Onang tutgan qõlingdan
Pulning quli bõlmagin
Õz õzinga oxshagin
Sen õzbeksan doimo
Beklardayin yashagin
Õzgalarga boqmagin
Yurting tashlab ketmagin
Pul deb ota onangni
Kõnglin ğashlab ketmagim
Doim duoga ona
Ayon xudoga ona
Yurtim tinch bõlsin deya
Boqar samoga ona.
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar
Ona vatanim.
So‘zlarning gavhari senga munosib,
O‘tmishim eslayman seni aytiboq.
Ajdodlar eli bo‘ldi bu makon,
Osmonda nur sochgan, ona Vatanim.
Osmoning tinch, beg‘ubor o‘lka,
Jannatning havosi yelib keladi.
Bag‘ringda yashaymiz, tinch — totuv hamon,
Onadek mehribon, Ona Vatanim.
Ona yurtim bayrog’i
Dedilar sen kimsan õzbeklik nedir?
dedim Õzbekiston beqiyos yurtdir!
Aytdilar sen bunga bir misol keltir
Men aytim bayroği osmonga tengdir!
Gapimning manosin anglamadilar
Men dedim bayroqdagi ranglar oyu yulduzlar
Qayda bôlsangiz ham kõrinib turar
Manabu ajoyib rangni albatta
Uchratib turgandirsiz tabiatda
Oq rang bu ezgulik oq rang beğubor
Mening pokligimni anglatar takror
Aytdilar qizil rang kerakdir nechun?
Sôngi qon qolguncha yashar yurt uchun!
Gaplarim manosin sóng angladilar
Ôzbeging betakror yurtdir dedilar
Sõng bilib õzbegim muqaddasligin
Mening kimligimni bilib qóydilar
Dunyo tanimoqda bugun ózbekni
Kõklarga hilpirar mudom bayroği
Farzandlari mard va jasurdir uning
Tillolarga tengdir bir kaft tuproği.
Yangi vatan haqida she’r.
“Yangi” so‘zi juda urf
O’zbekiston tomonda.
Yangi sozi buncha kop
Ishlatilmas jahonda.
Yangi yer, yangi obod,
Yangi vatan deydilar.
Yangilab eski dardni
Asabimiz yeydilar.
Yangi yurtda elektr
Uzilishi odatiy.
Budjetning oltin tog‘i
Buzilishi odatiy.
“Ishlaymiz mana qarang”,
Gaplar to‘la ehtiros.
Vatan-chi borar cho‘kib,
Eski hammom, eski tos.
Shukr qil der qorni to‘q,
Ochlar nolib bo‘g‘ilar.
Nafs deb o‘lar jamiyat,
Fikr qachon tug‘ilar?
Paloncha yebdi buncha,
Pora opti pismoncha.
Ammo dadil so‘zlaydi
Shiddatlari osmoncha.
Kambag‘al qilsa ayb ish
Qonunga tutiladi.
Amaldor noyob odam
Bir uzr, qutiladi.
Yangisi bor ust-boshning
Gul ishqning ham yangisi.
Ammo ona Vatanning
Bolarmikan yangisi.
Kimdir deydi: “Tirrancha,
Qo‘llarida bor asos.
Undan ko‘ra kaftga tuplab,
Qarsaklar chal gulduros.
Yomon ko‘ra boshladim
Eski “men”ni halitdan.
Tug‘ilsammi ne deysiz,
Shu Vatanda yangittan.
Vatan haqida – Muhammad Yusuf.

Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o‘zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib,
Kunimizga yaragansan o‘zing bizni.
Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!
Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o‘pib,
Yovlar yaqin yo‘lolmagay qo‘rg‘oningga.
Adoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston.
Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi,
Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi.
Shodon daming ko‘rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft qumlog‘ingga zor bo‘ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!
Gul ko‘ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug‘vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho‘llaring ham bizga jannat,
Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko‘rgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!
Ushbu she’rlar ijtimoiy tarmoqdan olindi.











