Til haqida sher. Ushbu maqolamizda eng kerakli she’rlardan biri bo’lgan til haqida she’rlarni taqdim etamiz. Marhamat ularni o’qing va yod oling. Ular juda noyob hisoblanadi. Fikr qoldirish joyda albatta fikringizni qoldiring.
Til haqida sher – Mirtemir.

Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Qo’z yoshidan, oq sutidan;
To’qaylarning tengsizligi,
Jilg’alarning sho’x g’ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo’g’rilgan til —
Ona tilim.
Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig’ arillashi,
Dovonlarning ko’k qiyosi,
Qorli tog’lar jilosidan,
Cho’ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go’ro’g’lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tug’ilgan til —
Ona tilim.
Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so’zi,
Bo’yoqchining o’lanidan:
To’quvchining alg’ovligi,
Chilangarning dalg’ovligi,
Bu tuproqning qo’sh ho’kizi,
Qo’shchisi ham qo’lanidan —
Yaralgan til —
Ona tilim.
Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o’gitlari,
Do’mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til —
Ona tilim.
Tavsiya etamiz : Vatan haqida she’rlar
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!
Bir sehrli tillo sandiq- ayoni bor,
Durin sochsang, na cheki, na poyoni bor.
Ham tigi bor, ham tugi bor, tugyoni bor,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!
Moh siymosi bolmasa, mohitobon nadur?
Aytar sozi bolmasa gar, zabun nadur,
Ona yerga ona tilsiz zamon nadur,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!
Ona tilim – Abdulla Oripov.

Ming yillarkim bulbul kalomi,
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Til – Elbek.
Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat,
Kimlar erur Turk tilini sotg‘uchi?
Bulbul kabi sayrab turgan bu tilni
Uyalmayin bu o‘lkadan otguchi?
Bolday totli, jondan aziz turkchani
Tushunmayin, xo‘rlab-xo‘rlab yotg‘uchi?
Mungli qushim, ularni qo‘y, sen sayra!
Turk tilining dong‘in chiqar ko‘klarga!
Qo‘y ularni, ular yo‘ldan ozsinlar,
El ichida bo‘sh bo‘g‘uzlik sotsinlar!
Ona tilim – Muhammad Yusuf.

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Kichik guruh – Ona tilim.
Ona tilim,
Jonu dilim,
Shirin so’zim,
Mehr ko’zim.
Ko’zim ochib,
Eshitgan allam,
Nurin sochib,
Yoritgan olam.
Ona tilim qadri – Til haqida sher.
Dunyolarni lol aylagan ona tilim,
Azizdirsan, onajonim yopgan nonday.
Ozing xushboy, ozing xushroy, ozing solim,
Asragayman seni abad shirin jonday!
Ona tilim onam tili, qadri osmon,
Gururimsan, sururimsan otamdayin.
Ham akamsan, ham opamsan jon tomirim,
Asragayman kozim nuri bolamdayin!
Ona tilim -Iroda Umarova
Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang.
Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.
Ona tilim – do‘ppi kiygan So‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.
Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim
Talaffuzin men seva-seva.
Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang…
Tavsiya etamiz : Ota ona haqida she’rlar
Ona tilim, omon bol mangu
Belanchaging uzra Koshgariy,
Kuylab otdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.
Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bogib hasrat sasini.
Olib ketdi ona-yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.
Ona tilim, omon bol mangu,
Sen borsanki, men ham olmayman.
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men kozlarim bilan soylayman.
O’zbek tili – Til haqida sher.
Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘il,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Mardona tilim.
Ne-ne allomalar sening shaningga,
Gozal baytlar bitgan, fikrlar aytgan.
Men ham bir farzanding, angladim, beshak,
Sendan boshlanadi aslida Vatan!
Asrlar bagrida mardona tilim,
Sevib-ardoqlaymiz, ey, ona tilim!.
Men tinglagan allalar yodi.
Dunyoda eng buyuk, muqaddas sozni,
Shu tilda aytganim bilan baxtliman.
Yurak mahzanining ochqichi sensan,
Sening borliging-la men qudratliman.
Men tinglagan allalar yodi,
Yuragimga ildizdek botgan.
Ilk sozimni aytganim chogi.
Boshim uzra oppoq tong otgan.
Shu yogduga yogrilgan tilim,
Chashmalarda poklanib chiqqan,
Vatan senga qilaman tazim,
Sen-ku meni soz bilan tuqqan.
Ona tilim buyuk
Assalom, tilimning shaydolariga,
Assalom, elimning shaydolariga.
Assalom, onadek tilni qutlovchi,
Assalom, dilimning shaydolariga!
Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri kop baland.
Oz tilini qadrlab elim,
Boshi boldi yana sarbaland.
Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma beshga tolibsan mana.
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
Ozbeklarning tilin-ozbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
Til haqida to’rtlik sherlar
Kelib-ketdi necha dunyolar,
Keldi hayot yigladi olim
Sen deb jafo chekdi bobolar
Ular ketdi sen qolding tilim.
***
Kultegin, Bilga xoqon, Tonyuquq kabi
Shuhrat bogidagi ulkan daraxtlar.
Ozxun xatlariga boqing, ajoyib,
Xalqim tarixidan sado bu xatlar.
****
Men obekman, istasangiz shu,
Ozimniki qilgum dunyoni.
Tilim , elim, saodatim-la,
Lol etaman yer-u samoni.
She’rlar sizga yoqdimi unda fikringizni bildiring.











