Kitob haqida sher hamda she’rlar to’plami. Ushbu she’riy to’plamda bolajonlar uchun eng sara va eng oson she’rlar joylashtirildi. Ularni o’qib chiqing va yoqqanini o’rganish mumkin. Fikringizni bildiring. Biz uchun fikringiz muhim.
Kitob haqida sher.
Yotaverib tuyib ketdim,
Unutdim xatto ismim,
Qolib ketdim men yolg’iz,
O’qing meni o’g’il qiz.
Ichimda to’la sehr,
Beraman senga mehr,
Telefonga do’st bo’lma,
Pushaymonga yo’l qo’yma.
Zararlidir u senga,
E’tibor bergin menga,
Ko’rsataman to’g’ri yo’l,
So’z berib tashla qo’l.
✍️: Islomova Mukambar
Kitob o’qigan bola.
O‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.
Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani —
Kitob o‘qigan bola.
Suhbati xo‘p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.
Tavsiya etamiz : Ota ona haqida she’rlar
Bolaga kitob bering she’ri.

O‘qilmagan kitob.

Ha, men o‘sha do‘stingiz,
Bilimga boy kitobman.
Meni o‘qimasangiz,
Bulut to‘sgan oftobman.
Betlarim yirtib olib,
“Samolyot” yasadingiz.
Ichiga xatlar yozib,
So‘ng chizib tashladingiz.
Turfa ma’lumot menda,
Nahot hecham qadrim yo‘q?!
Tashlab ketmasman yo‘lda
Hoy, ko‘nglingiz bo‘lsin to‘q!
Qo‘lga olar meni deb,
Kutyapman bilimdonni.
Ilm berish g‘amin yeb,
Sevdiray kitobxonni.
Menda ko‘pdir ezgulik,
To‘g‘ri yo‘lga boshlayman.
Kitobsevar bolaga
Ham ko‘z-u ham qoshdayman.
O‘qing, uqing, izlaning!
Kelajakka xitobman!
Nur-ziyoga boy bo‘lgan,
O‘qilmagan kitobman.
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun she’rlar
Uch zina -Abdulla Oripov.
Uch ajib zinadan oʼtgaydir Inson,
Goʼyoki gʼazalning uch goʼzal bayti.
Xohlar yo xohlamas, odam begumon
Oʼzi uchun yashar bolalik payti.
Bir kun u kamolot yoshiga yetgay,
Bu fasl hamisha umrlarga zeb.
Inson tayyor turar sinovlarga shay,
Yashaydi oilam, elu yurtim deb.
Keksalik yillarin soʼrarsiz endi,
Аxir tajriba bor uning qoʼlida.
Oʼylamang, shu bilan u toʼxtab, tindi,
Inson oʼzin topdi Аlloh yoʼlida.
Alisher Va kitob.
Kitobga o‘ch o‘g‘ilcham,
Oltin topgan singari,
Chiqsa yangi bir asar
O‘qir mendan ilgari.
Mayli, bo‘lsin hikoya
Yoki to‘rt yo‘l quvnoq she’r.
Ayvonchada muk tushib,
Sharillatar Alisher.
Qosh qorayib ketguncha
Qo‘ldan tushmas kitobi.
Unga yoqqan she’rlarning
Hozircha yo‘q hisobi.
Olimdek serharakat,
Ishlar puxta berilib.
Uncha-buncha yoshlardek
Oshib ketmas kerilib.
Turna qator savolga
Soldat kabi doim shay.
Hozirjavob bo‘lmasdi,
Shuncha kitob o‘qimay.
Muallim.
Muallim haqida soʼzim ushbudir:
Muallim kamolot ichra koʼzgudir.
Oʼqidim Gerodot, tarixni koʼp bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini oʼqidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan oʼzing, muallim.
Аlisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan, ey muallim, ustoz Аbul-Lays.
Qutlugʼ xonadonda qutlur kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʼafur Gʼulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir taʼlim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, oʼzingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulugʼ ayyomingda sheʼriy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlugʼ salom bu.
Ertak kitobman.
Men ertak kitobchaman,
Yomonlikdan qochaman.
Siz yoqtirgan ertaklar,
Yaxshilikka yetaklar.
Bor ekanda yuq ekan,
Boshlanishi bir xil.
Muammoni hal etar,
Murod maqsadga yetar.
Uch turga bo’linarlar,
Birinchisi odamlar,
Ikkinchisi xayvonlar,
Uchinchisi sehrgarlar.
Yoqtirar yosh qari,
Tanlaganin o’qirlar,
Ertaklarning maqsadi,
Yaxshilikka chorlar.
✍️: Islomova Mukambar
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun she’rlar
Kitob – Kitob haqida sher.
Kel bolajon do’st bo’laylik,
Xech qachon ayrilmaylik.
Qo’yma memi qulingdan,
Adashmaysan yulingdan.
O’qigin mehr bilan,
Siylay seni sehr bilan.
Ichimda xazinalar,
Topadi izlanganlar.
Bilimga kon kitobman,
Yulingdagi oftobman.
Do’stga ochaman bag’rim,
Ilm olgin chirog’im.
Jonim sensiz kimman men!?
Orom yo’qdir jonimda,
Isming oqar qonimda.
Sen bo’lmasang yonimda,
Jonim sensiz kimman men!?
Qalblar yaqin sen yiroq,
Ichimni tirnar firoq.
Aytaman shuni biroq,
Jonim sensiz kimman men!?
Shodlik ne uchun kerak…
Quvonmasa bu yurak.
Menga tanho sen kerak,
Jonim sensiz kimman men!?
Ishqim senga ziyoda,
Bahtim uchsa ro’yoda.
Ayt axir bu dunyoda,
Jonim sensiz kimman men!?
Yurakda sevgim maxzun,
Umrimda yo’qdir mazmun.
Angladim shuni bugun,
JONIM SENSIZ KIMMAN MEN..?











