Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Kelajak soati 1-mavzu.
1-mavzu Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun KELAJAK SOATI
1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni, Vatan, O‘zbekiston, birlik, ahillik va
davlat ramzlari haqida 3–6 yoshli bolalarda dastlabki sodda tasavvurlarni shakllantirish.
Bolalarga “Vatan” tushunchasini murakkab ta’riflar orqali emas, balki ularning kundalik
hayotiga yaqin bo‘lgan uy, oila, bog‘cha, tabiat va atrofdagi insonlar orqali tushuntirish.
Mashg‘ulot davomida Dinno bosh qahramon sifatida bolalar bilan birga javob izlaydi. Dastlab
“Mening uyim qayerda?” ijodiy kontenti orqali bolalar har bir jonivorning o‘z uyi borligini,
insonlarning ham oilasi bilan yashaydigan uyi borligini anglaydilar. Keyin esa O‘zbekiston
hammamiz yashaydigan “katta uy” — Vatan ekanligi haqidagi sodda tushunchaga olib kelinadi.
Ushbu ijodiy kontentda aynan O‘zbekiston “hammamizning katta uyimiz” sifatida ochib berilgan.
Mashg‘ulotning keyingi bosqichida “Bizni nima birlashtiradi?” siyosiy-ijtimoiy kontenti orqali
bolalar bog‘chadagi oddiy tartib-qoidalarni eslaydilar va O‘zbekistonda ham bolalar va kattalar amal
qiladigan umumiy qoidalar borligini sodda hayotiy misollar yordamida tushunib boradilar.
Shuningdek, O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi va madhiyasi bilan tanishadilar.
- Bolalarda uy va Vatan tushunchalarini hissiy, obrazli va hayotiy misollar orqali shakllantirish.
- O‘zbekistonni bolaga o‘zi yashaydigan, yaxshi ko‘radigan va asraydigan katta uy — Vatan
sifatida tushuntirish.
- Bolalarni O‘zbekistonning davlat ramzlari — bayroq, gerb va madhiya bilan yoshiga mos
shaklda tanishtirish.
- Bolalarda o‘z yashayotgan joyiga va tabiatga g‘amxo‘r munosabatni shakllantirish.
1-4 sinf uchun materiallar:
1-mavzu 1–4-sinf oʻquvchilari uchun KELAJAK SOATI
5-8 sinf uchun materiallar :
1-mavzu. (5-8 SINFLAR UCHUN) “KELAJAK SOATI” —MASHG‘ULOT ISHLANMASI
Mashg‘ulot maqsadi
O‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ahamiyatini
tushuntirish, ularda Vatanga sadoqat, tinchlik va birdamlikni qadrlash, o‘z xalqiga daxldorlik
hissini shakllantirish hamda mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlarni anglashga yordam berish
va mashg‘ulot davomida o‘quvchilar o‘z hayoti, ta’lim olishi, kasb tanlashi, orzu va
maqsadlarini mustaqillik, tinchlik va hamjihatlik bilan bog‘lashga undaladi. Shuningdek, ularda
mamlakat kelajagiga befarq bo‘lmaslik, jamiyat va Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish
istagini shakllantirish ko‘zda tutiladi.
9-11 sinf uchun materiallar
1-mavzu (9-11 SINFLAR UCHUN) – “KELAJAK SOATI” —MASHG‘ULOT ISHLANMASI
Mashg‘ulot maqsadi
O‘quvchilarda Vatan taqdiri uchun mas’uliyat, millatlararo totuvlikni qadrlash va yagona
xalq sifatida jipslashish tuyg‘ularini shakllantirish;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni, amalga oshirilayotgan siyosiy
huquqiy islohotlar va zamonaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berish;
Tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va o‘z fikrini asosli himoya qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Tavsiya etamiz : Boshqa kelajak soati mavzulari



