Son qatnashgan maqollar. E’tiboringizga son qatnashgan maqollarni joylashtiramiz. Siz ulardan foydalaning va bizga foydalanganligiz haqida xabar bering. Sonlar qatnashgan maqollar to’plamini yuklab olishingiz ham mumkin.
Son qatnashgan maqollar.
-
O’g’ri bitta, gumon mingta.
-
Hunar — bir, pardoz — qirq.
-
Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber.
-
Bir yigitga qirq hunar oz.
-
Bir kun urush bo’lgan uydan qirq kun baraka ketadi.
-
O’rganish bir hunar, o’rgatish ikki hunar.
-
Beshni beli bo’guncha, oltini oyog’i bo’l.
-
Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.
-
Birni sochsang yerga, mingni berar elga.
-
Oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’.
Bir soni qatnashgan maqollar.
Yangilik yaratar bir kishi,
Bahramand bo’lar har kishi.
*
Hikmat — bir hovuch oltin.
*
Bir ko‘zlilar eliga borsang,
Bir ko‘zingni qisib yur.
*
Dono — bir joyda,
Dangasa — har joyda.
*
Bir so’zlining yuzi — yorug’
Munofiqning yuzi — choriq.
Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar to’plami
Ikki soni qatnashgan maqollar.
Erinchoq ikki ishlar,
Oxiri barmog’ini tishlar.
*
Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
*
Mehmonga osh qo’y,
Ikki qo’lini bo‘sh qo’y.
*
0‘g‘il bilan qizing —
Bamisoli ikki ko‘zing.
*
Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.
Uch soni qatnashgan maqollar.
Uch kishi bilgan sirni
Yuz kishi bilar.
*
Uyatliga — uch kun hayit,
Uyatsizga — har kun hayit.
*
Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.
*
Shivirlashgan uch bo’lsa, sir yotmas.
*
Uch oylik ko‘kcha — boylik.
Tavsiya etamiz : Kitob haqidagi maqollar.
To’rt soni qatnashgan maqollar.
To’rt xotin bir bo’lsa,
Kasbi — o’lan aytish.
*
Poraxo‘rning ko‘zi beshta,
Qo’li — to‘rtta.
*
Muhabbat — bitta, ko’z — to’rtta.
*
To’rtta shap-shapdan,
Bitta hap-hap yaxshi.
*
Bugun oyog‘ing to’rtta bo‘lsa,
Ertaga tuzli xalta yelkangda.
Tavsiya etamiz : Odob haqida maqollar.











