Bosh sahifa » Botirlik va qo’rqoqlik haqida maqollar

Botirlik va qo’rqoqlik haqida maqollar

Botirlik va qo’rqoqlik haqida maqollar. O‘zbek xalq maqollari orasida botirlik va qo‘rqoqlik haqida eng mazmunli, ibratli hikmatlar to‘plami. Jasorat, mardlik, qo‘rqoqning holati va botirning qadri haqida chuqur ma’noli maqollar — bir sahifada!

🛡️ Botirlik, jasorat va mardlik haqida maqollar

  • Arslon bolasini tutmoq uchun, arslon uyasiga kirmoq kerak.

  • Arslon izidan qaytmas, yigit — so‘zidan.

  • Botir yovda bilinar, so‘zchi — dovda.

  • Botir o‘lsa, nomi qolar, nomard o‘lsa, nimasi qolar.

  • Botir joni sabildir, yomon joni azizdir.

  • Botirlik shahar olar.

  • Botir qilichsiz ham botir.

  • Botirga yaroq hojat emas.

  • Botir o‘lsa, yapaloq bosh ko‘tarar.

  • Botirning mushti — ishongan do‘sti.

  • Botirning mushti ham yarog‘.

  • Botirga ham jon kerak.

  • Botirdan o‘lim ham qo‘rqar.

  • Yigitning botirini maydonda sina.

  • Yigitning sarasi yov bosganda bilinar.

  • Yigit ishi bichuvda bilinar, tuya — suv kechuvda.

  • Sher bolasi ovni yengar, er bolasi — yovni.

  • Sher himmati — bilak, er himmati — yurak.

  • Er bo‘l, er bo‘lmasang, qora yer bo‘l.

  • Erlik bilakda emas, yurakda.

  • Erlikda xo‘rlik yo‘q.

  • Yigitni — yovda, merganni — ovda sina.

  • Yo‘lbarsni yenggan emas, jahlni yenggan — botir.

  • Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil.

  • Tiz cho‘kib yashaguncha, tik turib o‘lgan yaxshi.

  • Sen qo‘rqmasang, yov qochar.

  • Dovni yenggan botir emas, yovni yengan botir.

  • Jasur jangda sinalar.

  • Jasur jangdan qo‘rqmas, yovdan sira hurkmas.

  • Jasur bo‘lsang, yovga chop.

  • O‘zing botir bo‘lsang, qurolning keragi yo‘q.

  • Yuz qo‘rqoqdan — bir botir afzal.

  • Yurakda bo‘lsa, bilakda bo‘lar.

  • Odam safarda bilinar, botir — xatarda.

  • Tog‘ni baland dema, talab qilsang — chiqasan. Yovni kuchli dema, g‘ayrat qilsang — yiqasan.

Tavsiya etamiz : Halollik haqida maqol

Botirlik va qo’rqoqlik haqida maqollar davom etamiz.

🐾 Qo‘rqoqlik, zaiflik va jasoratsizlik haqida maqollar

  • Qo‘rqoq ot — o‘z soyasidan hurkar.

  • Qo‘rqoq — ko‘r, nomard — xor.

  • Qo‘rqoq o‘lmasdan burun o‘lar, o‘likdan nima kutib bo‘lar.

  • Qo‘rqoqning qoni chiqqani — joni chiqqani.

  • Qo‘rqoqni ajal quvlar.

  • Qo‘rqoqning qo‘li qisqa.

  • Qo‘rqoqning o‘z quroli — o‘ziga yov.

  • Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas.

  • Qo‘rqoq qo‘rg‘on ololmas.

  • Qo‘rqoq qo‘rqoq bilan o‘rtoq.

  • Qo‘rqqan it uch kun hurar.

  • Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar.

  • Qo‘rqqan cho‘qmor ko‘tarar.

  • Qo‘rqoqqa ip ilon bo‘lib ko‘rinar.

  • Qo‘rqoqqa go‘r ham tor, qir ham tor.

  • Qo‘rqoqqa sichqonning ini — ming tanga.

  • Qo‘rqoq itning quyrug‘i qisiq.

  • Qo‘rqoqni ursang — botir bo‘lar.

  • Qo‘rqoqning boshidan musht ketmas.

  • Qo‘rqsang — aytma, aytsang — qo‘rqma.

  • Qo‘rqish — yengilishniing chopari.

  • Qo‘rqmas kelin — qo‘y boshidan qo‘rqar.

  • Har kuni o‘lgandan, bir kunda o‘lgan yaxshi.

Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda maqollar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top