Bosh sahifa » To‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik haqida eng sara o‘zbek maqollar

To‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik haqida eng sara o‘zbek maqollar

To‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik haqida eng sara o‘zbek maqollar to’plami. Siz bu maqollarni ishlatishingiz ham mumkin. To‘g‘rilik, rostgo‘ylik va yolg‘onchilik haqida eng mashhur o‘zbek maqollar to‘plami. Haqiqatni ulug‘lovchi, yolg‘onni qoralovchi hikmatli so‘zlar va xalq donishmandligidan namunalar.

  • Arafa kuni yolgʻon gapirganning, Namoz kuni yuzi qora.

  • Betga aytganning zahri yoʻq.

  • Boshinga qilich kelsa ham, Toʻgʻri soʻzla.

  • Vaʻda — oltindan qimmat.

  • Vaʻda — quruq, bajarilsa — ulugʻ.

  • Vaʻdaga vafo — mardning ishi, Vaʻdasiz — subutsiz kishi.

  • Gap kelganda otangni ayama.

  • Yov makrini yolgʻon yashirar.

  • Yolgʻon aytgan kishining Xatari bor ishining.

  • Yolgʻon aytib foyda koʻrsang, Oxiri zarar toparsan.

  • Rost aytib zarar koʻrsang, Oxiri foyda toparsan.

  • Yolgʻon — boshga tayoq, Oshga — suyak.

  • Yolgʻon gap yoqadan chiqar.

  • Yolgʻon gapirib yashagandan Rost gapirib oʻlgan yaxshi.

  • Yolgʻon gapning chuvi chiqar.

Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar.

To‘g‘ri so‘z va yolg‘onchilik haqida eng sara o‘zbek maqollar

  • Yolgʻon yetmish yil yerda yotsa ham, Yolini chiqar.

  • Yolgʻon yo farzandga urar, Yo — davlatga.

  • Yolgʻon yondirar, Haqiqat qondirar.

  • Yolgʻon rostdan yengilar, Toʻgʻri elda tanilar.

  • Yolgʻon uzoqqa ketsa ham, Haqiqat quvib yetar.

  • Yolgʻon uyaltirar, Rost suyuntirar.

  • Yolgʻon‑yashiq gapirma, Soʻng uyalib oʻtirma.

  • Yolgʻonga yo yalqov inonar, Yo — anqov.

  • Yolgʻonning butunidan Rostning sinigʻi afzal.

  • Yolgʻonning umri — qisqa.

  • Yolgʻonchi gavharni xor qilar.

  • Yolgʻonchi yolchimas, Oʻgʻri boyimas.

  • Yolgʻonchi yorilib oʻlar.

  • Yolgʻonchi kishi emas, Yolgʻon aytmoq eranlar ishi emas.

  • Yolgʻonchi lop etar, Yalamachi qon etar.

  • Yolgʻonchi toʻrga bir oʻtar, Ikkinchi oʻtmas.

  • Yolgʻonchi chin deyaolmas, Chin desa ham, el inonmas.

  • Yolgʻonchi yalab aytar, Yalamachi — yasab.

  • Yolgʻonchi oʻlikni guvoh tortar.

  • Yolgʻonchi — qallop, oʻgʻri — allop.

  • Yolgʻonchi horimas, Oʻgʻri qarimas.

  • Yolgʻonchiga ishonch yoʻq. Yolgʻonchiga tong otmas.

  • Yolgʻonchiga qoʻshilma, Toʻgʻri soʻzing yashirma.

  • Yolgʻonchida or boʻlmas, Toʻgʻri soʻzli xor boʻlmas.

  • Yolgʻonchidan shon qolmas, Nomidan nishon qolmas.

  • Yolgʻonchining guvohi yonida yurar.

  • Yolgʻonchining guvohi — qasam.

  • Yolgʻonchining yonidan oʻtma, Rostgoʻyning yonidan ketma.

  • Yolgʻonchining rost soʻzi ham yolgʻon.

  • Yolgʻonchining till — kalta.

  • Yolgʻonchining shahrida shoh boʻlguncha, Rostgoʻyning chorbogʻida giyoh boʻl.

  • Ikki yolgʻon — bir qasam.

Maqollar .

  • Ikki chin soʻz — bir yolgʻonning yelimi, Ikki yolgʻon — bir yigitning oʻlimi.

  • Ikki qasam — bir oʻlim.

  • Yirtiq uyni yel topar, Yolgʻon soʻzni chin topar.

  • Koʻrgan yoʻq boʻlsa, eshitgan — guvoh.

  • Koʻrganni eshitgan yengar.

  • Maddohning vaʻziga ishonma, Folbinning — soʻziga.

  • Romchining romidan Oʻzingning xomxayoling yaxshi.

  • Rost aytdim — dars aytdim.

  • Rost gap aytgan yengilmas.

  • Rost gapga zavol yoʻq.

  • Rost gapirgan toʻgʻri, Yolgʻonchi — oʻgʻri.

  • Rost soʻz haqqa qaror topar.

  • Rost soʻzni ayt, Yolgʻon soʻzdan qayt.

  • Rostgoʻylik — baxt, Yolgʻonchi — badbaxt.

  • Rostlik — doʻstlik, Yolgʻonchilik — koʻigulik.

  • Rostlik — muhabbat elchisi.

  • Rostni aytgan shon yutar, Yolgʻon aytgan qon yutar.

  • Savdogarda imon yoʻq, orni sotar, Yolgʻonchida imon yoʻq, jonni sotar.

  • Savdogarning yomon moli yoʻq.

  • Suvni chim toʻxtatar, Yolgʻonni — chin.

  • Soʻziga qarasang, toʻq, Koʻziga qarasang, och.

  • Soʻzning boshi qattiq boʻlsa, Oxiri totlik boʻlar.

  • Til bilan tugilgan tugun Tish bilan yechilmas.

  • Til yomoni — boʻyinga sirtmoq.

  • Til kichik boʻlsa ham dunyoni buzar.

  • Til tugsa, tish yecholmas.

  • Tildan chiqqani — dildan chiqqani.

  • Tuyaning buvrasi yaxshi, Soʻzning tuvrasi yaxshi.

  • Tuhmat tosh yorar, Tosh yormasa, bosh yorar.

  • Tuhmatning umri — qisqa.

  • Tuhmatchi tuhmatdan oʻlar.

  • Tuhmatchiga oʻlik — guvoh.

  • Toʻmtoq jumboq aytishma, Yolgʻon gapga qotishma.

  • Toʻgʻri gap tuqqaningga yoqmas.

  • Toʻgʻri soʻz achchiq boʻlar.

  • Toʻgʻri soʻz koʻz oʻyar.

  • Toʻgʻri soʻz toshni yorar, Egri soʻz — boshni.

  • Toʻgʻri soʻz tutoqtirar.

  • Toʻgʻri soʻz qilichdan oʻtkir.

  • Toʻgʻri soʻz quloqqa yoqmas.

  • Toʻgʻri soʻzga fil choʻkar.

  • Toʻgʻri soʻzlagan odam tugʻishganingdan afzal.

  • Toʻgʻri soʻzlining toʻni yirtiq.

  • Toʻgʻri soʻzning zahri yoʻq.

  • Toʻgʻri soʻzning toʻqmogʻi bor.

  • Toʻgʻri tilim tiyolmadim, Tuqqanim bilan turolmadim.

  • Uyalmay desang, Yolgʻon gapirma.

  • Xashakdan hasham bichma, Yolgʻondan qasam ichma.

  • Chaqimchi bir guvala, Yerga qoʻyib uvala.

  • Chaqimchi — nishxoʻrd kishi.

  • Chaqimchi — chipor ilon, Zahri — ilondan yomon.

  • Chaqimchiga — chorak oʻq, Qaytib kelsa, u ham yoʻq.

  • Chaqimchining afti — choriq.

Qo’shimcha

  • Chaqimchining joyi — jahannam.

  • Chaqimchining tilidan ilon hazar qilar.

  • Chiroyli maqtovdan Xunuk haqiqat yaxshi.

  • Egri oʻtirsang ham, toʻgʻri gapir.

  • Echkining tavbasi yoʻq.

  • Oʻz soʻzli yigit — kun yuzli yigit.

  • Oʻzi boshqa, soʻzi boshqa.

  • Oʻrinli soʻz oʻqdan oʻtkir.

  • Oʻtirik gap jonga qasd, Oʻtkir pichoq — qinga.

  • Oʻtirik soʻz oʻrga bormas.

  • Oʻtirikning dumi — bir tutam.

  • Qofiyasi kelganda, otangni ayama.

  • Gʻiybat yaqinni yot qilar, Totuvni — araz.

  • Gʻiybatkashning qozoni qaynamas.

  • Gʻiybatsiz soʻz qizimas.

  • Gʻiybatchining dili kir, Gʻar‑oʻgʻrining tili bir.

  • Haq gap tosh kesar.

  • Haq gap haqiqdan qimmat.

Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top