Yil fasllari va tabiat haqida maqollar. Ushbu maqollar to’plamida yil fasllari hamda tabiat hodisalari haqida maqollarni ketma-ketlikda saralab joylashtirib boramiz. Siz ulardan foydalanib, o’zingizga kerakli bo’lgan loyihalarda undan bahramand bo’ling.
Fasllar haqiqda maqol.
-
Yoz — yozil, qish — qisil.
-
Yoz kuyungan, qish suyunar.
-
Yoz mevasi — qish xazinasi.
-
Yoz qoqisi — qishga dori.
-
Yoz harakati — soz harakat.
-
Yozgi harakat — kuzgi barakat.
-
Yozda boshi pishmaganning, qishda oshi pishmas.
-
Yozda jarohat ko‘rsang, qishda rohat ko‘rasan.
-
Yozning yozig‘i — qishning ozig‘i.
-
Yozning yomg‘iridan qo‘rq, qishning — qirovidan.
-
Yozning kuni — yuz turli, qishning kuni — qirq turli.
-
Qish — oladan, yoz — moladan.
-
Qish qilig‘ini qilmay qo‘ymas, yoz yo‘rig‘ini yo‘ymay qo‘ymas.
-
Qish qishligini qilmasa, yoz yozligini qilmas.
-
Qishning qori — yozga dori.
-
Qishning qahri — kuzga baraka.
-
Qishning bir kuni qishning bir oyini boqar.
-
Qish qattiq kelsa — it yili.
-
Qishning sovug‘ida to‘ngandan, yozning issig‘ida o‘lgan yaxshi.
Tavsiya qilamiz : Kuz haqida maqollar
Yil va oy nomlari haqida
-
Asad yo rasad, yo narasad.
-
Asad suvi — asal suvi.
-
Asadda oralab ye, sunbulada — saralab.
-
Dalv kirdi — davr kirdi.
-
Jul keldi — hamal keldi.
-
Hamal kirdi — amal kirdi.
-
Hut kirdi, dehqonning ketiga quit kirdi.
-
Hut suviga ho‘kizingni sug‘orma.
-
Hut — yut.
-
Hutda mol to‘ymasa, odam to‘ymas.
-
Savr bo‘lmay, sayron bo‘lmas.
-
Savr yomg‘iri — sari oltin.
-
Savr kirdi — ekinlarga davr kirdi.
-
Saraton — sara ekish.
-
Saratonning o‘ni — tegirmonning do‘li.
-
Sumbula tug‘sа, suv sovir.
-
Sumbulada suv soviydi, Mizonda — kun.
-
Mizondan so‘ng yoz bo‘lmas.
-
Mizon chiqib, aqrab kirsa — qish.
-
Qavs suvi — jon suvi.
Tabiat va ob-havo belgilariga oid
-
Yomg‘ir — ekinning joni.
-
Er tug‘ilsa — elning baxti, yomg‘ir yog‘sa — yerning baxti.
-
Javzodagi yomg‘irdan ilon yog‘sa yaxshi.
-
Toqqa yog‘sa, cho‘l obod, cho‘lga yog‘sa, el obod.
-
Toqqa qalin qor tushgani — yerning qonib suv ichgani.
-
Toza havo — dardga davo.
-
Tog‘ havosi — dard davosi.
-
Qor yog‘di — don yog‘di, yomg‘ir yog‘di — osh yog‘di.
-
Qor — osh bilan non.
-
Qora bulutdan tiniq suv tomar.
-
Quruq ayoz — tilsiz yov.
-
Ertalabki tuman ochar, kechki tuman yopar.
-
Qarg‘a qag‘illasa, qishni chaqirar, g‘oz g‘ag‘alasa — yozni.
-
G‘oz kelgani — yoz kelgani.
-
Laylak kelmay, yoz bo‘lmas, qirg‘iyak chopmay, kuz bo‘lmas.
Yil hayvonlari haqida (Xitoy taqvimiga oid)
-
Bars yili — boylik, quyon yili — qahatchilik.
-
Sigir yili — to‘qlik, qo‘y yili — yo‘qlik.
-
It yili eksang, to‘ng‘iz yili o‘rasan.
-
Quyon yili yut bo‘lar.
Hayotiy hikmatli qoida va belgilar
-
Yaxshi yil bahoridan ma’lum, yaxshi kun — saharidan.
-
Yilning yaxshi kelishi bahordan ma’lum.
-
Kun g‘amini sahar ye, yil g‘amini bahor ye.
-
Oyning beshidan qo‘rqma, boshidan qo‘rq.
-
Oy chalqancha tug‘sa, oy bo‘yi ayoz.
-
Oy qulansa, oyog‘ingni uzat, kun qulansa, kuragingni tuzat.
-
Payshanbaning kelishi chorshanbadan belgili.
-
Juma yog‘sa, shanba tinar.
Tavsiya qilamiz : Boshqa turdagi maqollar to’plami











