Bosh sahifa » Ilm haqida maqollar to’plami

Ilm haqida maqollar to’plami

Ilm haqida maqollar to’plami. Ilm va ilmsizlik haqida saralangan va guruhlar bo’yicha joylashtirilgan maqollar to’plami.

1. Ilm va Bilimning Ahamiyati

  • Bilim — aql chirog‘i.

  • Bilim — davlatdan qimmat.

  • Bilim — kuchda, kuch — bilimda.

  • Bilim baxt keltirar.

  • Bilimli — olim, bilimsiz — zohm.

  • Bilimli odam — ilikli suyak.

  • Ilm — yorug‘lik, jaholat — zulmat.

  • Ilmli uy — charog‘on, ilmsiz uy — zimiston.

  • Ilmsizga ishonch yo‘q, hunarsizga quvonch yo‘q.

  • Ilm — egarlangan ot.

  • Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.

  • Ilmsiz kishi — o‘limga yaqin.

  • Oltin olma, bilim ol.

  • Go‘zallik — ilm-u ma’rifatda.

  • Ilm — tubsiz quduq.

  • Ilm topmay, maqtanma.

  • O‘qigan — guliston, o‘qimagan — go‘riston.

  • O‘qigan — yorug‘, o‘qimagan — choriq.

  • O‘qigan — olim, o‘qimagan — o‘ziga zolim.

2. Hunar va Kasbga Oid Maqollar

  • Hunar — tuganmas xazina.

  • Hunar — oqar buloq, ilm — yonar chiroq.

  • Hunar oshatar, mehnat yashnatar.

  • Hunarli yigit — mevali daraxt.

  • Hunar bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda.

  • Hunarsiz kun ko‘rmas.

  • Hunarsiz — xar, hunarli — zar.

  • Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.

  • Hunarsizning qirqimi uzun, hunarlining — bichimi.

  • Kasbning yomoni yo‘q.

  • Har hunarning o‘z siri bor.

  • Har kasbning o‘z gashti bor.

  • Kasb—kasb, tubi—nasib.

  • Ota hunari — bolaga meros.

  • Tekin boylik axtarguncha, o‘zingga bop hunar top.

  • Tikansiz gul bo‘lmas, mashaqqatsiz hunar.

Tavsiya etamiz : Kiotb haqida maqollar

3. Ilm olish va o‘rganishga chaqiruvchi maqollar

  • Avval bil, keyin qil.

  • Avval o‘rgan, keyin o‘rgat.

  • Ilm olish — nina bilan quduq qazish.

  • Ilm istasang, takror qil.

  • Ilm izlagan yetar, izlamagan — yitar.

  • Qunt bilan o‘rgan hunar, hunardan rizqing unar.

  • O‘rganish — bir hunar, o‘rgatish — ikki hunar.

  • O‘quvi bor ulg‘ayar, uquvi yo‘q sarg‘ayar.

  • O‘qish — jafoli, keti — vafoli.

  • O‘qiganing o‘zingga.

  • Yuzga kirsang, yuz yil o‘qi.

  • O‘qish boshqa, uqish boshqa.

  • O‘qigan o‘qdan oshar, nodon turtkidan shoshar.

  • O‘qimagan shu damda, turtinar har qadamda.

  • Bilmasang, bilgandan so‘ra.

  • Bilmagan ayb emas, bilishga tirishmagan ayb.

4. Aql, Idrok va Tajriba

  • Aql ko‘pga yetkazar, hunar — ko‘kka.

  • Avrasang, oqil bo‘lar, bovrasang, botir bo‘lar.

  • Bilmagan barmog‘in tishlar.

  • Bilgan — bitirar, bilmagan — yitirar.

  • Bilgan o‘zar, bilmagan to‘zar.

  • Bilgan o‘qir, bilmagan to‘qir.

  • Zehn qo‘ysang bilimga, ilm tomar dilingga.

  • Zehn o‘lchovi — naql.

  • Ogohlikni ko‘rdan o‘rgan, donolikni — ilmdan.

  • Har kimning kasbi — o‘ziga.

  • Bilmaganning bilagi tolmas.

Tavsiya qilamiz : Odob va odobsizlik haqida maqollar

5. Ustoz-Shogird, Tajriba

  • Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.

  • Ustadan shogird o‘zar.

  • Shogird ustadan o‘tmasa, ish yitar.

  • Usta, ishni qilar puxta.

  • Usta ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘ig‘alar.

  • Shogirding oqil bo‘lsa — boshingda toj, erka bo‘lsa — boshga tayoq.

  • Shogirding befarosati, ustozni muttaham qilar.

  • Har ishning bir ustasi bor, har ustaning — ustozi.

  • Har ish o‘z ustasidan qo‘rqar.

6. Kitob, O‘qish, Savod

  • Kitob — aql qayrog‘i.

  • Kitobsiz aql — qanotsiz qush.

  • Kitob ko‘rmagan kalla — giyoh unmagan dala.

  • Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmas.

  • O‘qimay mulla bo‘lgan, cho‘qimay qarg‘a bo‘lar.

  • O‘qigan — ikki til, o‘qimagan — bir tayoq.

7. Bilimsizlik va Nodonlikka Tanqid

  • Bilimsizga osh yo‘q, ilmsizga ish yo‘q.

  • Ilmsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.

  • Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.

  • Ilmsiz olim — to‘qimsiz eshak.

  • Behunaming hunari — yalqovlik.

  • Avom tabib — ofati jon.

  • Ilmsiz kishi bosh qashir, xushomadgo‘y — gap tashir.

  • Uquvsiz ishboshi bo‘lsa, baqir-chaqirdan chiqmas.

Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda maqollar to’plami

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top