Bosh sahifa » Odob va odobsizlik haqida maqollar

Odob va odobsizlik haqida maqollar

Odob va odobsizlik haqida maqollar. Sizlar uchun odob, tartib haqida maqollarni taqdim etamiz. Undan tashqari Odobga qarama- qarshi bo’lgan odobsizlik haqida maqollarni ham taqdim etamiz. Siz odob va odobsizlik haqida joylashtirilgan maqollarimizni o’qib undan xulosa chiqarishingiz undan tashqari kelajak avlodga odob va odobsizlikning mohiyatini tushuntirishingiz mumkin.

Odob haqida maqollar.

Odob haqida maqollar.

Avval salom, bad’az kalom.

Amri padar — arshdan a’lo.

Bir kattani bil, 
Bir kichikni bil. 

Bola — aziz, odobi undan aziz.

Bolaning erkasi — bitning sirkasi.

Bosh bo’lmagan uyda, 
Otasi turib o’g’li so’zlar.

Yolg’iz bolaga indamasang, ko’payar.

Inson — odobi bilan, 
Osmon — oftobi bilan.

Kattaga katta bo’l, 
Kichikka — kichik.

Kattaga salom ber, 
Kichikka — kalom.

Katta izzatda —
Kichik xizmatda.

Kattani katta desang, o’zidan ketar, 
Kichikni katta desang, kattaga yetar.

Kattaning uyalgisi kelsa, kichikka tegar.

Kattaning hurmati — qarz, 
Kichikka salom — farz.

Ko’p o’ynagan bola, 
El ko’zida ola.

Odob bozorda sotilmas.

Tavsiya etamiz : Mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollar

Odob — Irishining zeb-u ziynati.

Odob — oltindan qimmat.

Odob — peshada, 
Gunoh — teshada.

Odobli bola elga manzur.

Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.

Odobli o’g’il — ko’kdagi yulduz, 
Odobli qiz — yoqadagi qunduz.

Odoblilik belgisi — 
Eshilib salom bergani. 

Yaqinlikning belgisi — 
Kelib-ketib turgani.

Odobni beodobdan o’rgan.

Odobning — boshi til.

Maqollarning matn kabi ko’rinishi.

Odobli kishi – har joyda hurmatli. Odobsiz kishi esa, qaerda bo’lsa ham, nafratga sabab bo’ladi. Odob – insonning bezagi, odobsizlik – uning kamchiligi. Odobli bo’lish – o’z-o’zini hurmat qilishning belgisidir. Odobsizlik esa, o’z-o’zini hurmat qilmaslikdan dalolat beradi. Odob – boylikdan ham qimmatlidir. Odobsiz boylik esa, hech narsaga arzimaydi. Odob – insonning qalbidagi go’zallikni aks ettiradi. Odobsizlik esa, qalbning qorong’uligidan darak beradi. Odobli inson doimo hurmatga sazovor bo’ladi. Odobsiz inson esa, hech qachon haqiqiy do’st topa olmaydi.

Odobsizlik haqida maqollar.

Odobsizlik haqida maqollar.

Sadaqasiga qarab — savobi, 
So’ziga qarab — javobi.

Salom — kattadan, 
Alif — nuqtadan.

Salom ham — farz, 
Alik ham — farz.

Suvga tupurgan — koski, 
Quduqqa tupurgan — kofir.

So’z kishining — o’zagi, 
Odob kishining — bezagi.

Tegirmonni suv buzar, 
Odamni odam buzar.

Tek turganga shayton tayoq tutqazar.

Turqi buzuqdan xulqi buzuq yomon.

Urug’ingga so’z aytsang, 
Orasini uzib ayt.

Otang ishga buyursa, 
Namozingni buzib ayt.

Usta borida qo’lingni tiy, 
Ustod borida — tllingni.

Usta bo’lsang, ustozingni unutma.

Ustozingga tik qarasang, to’zasan, 
Hurmat qilsang, asta-asta o’zasan.

Chakki yursang, dakki yersan.

Cho’ponni tayog’idan bil, 
Kelinni — oyog’idan.

Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar.

Shalp yursang, shapaki yersan.

Shamolimni so’kma, 
Tuzimni yerga to’kma.

Shapaloq bilan yuz qizarar. 

Eshik ochiq bo’lsa ham, so’rab kir.

Yaxshi bola yog’ keltirar. 
Yomon bola dog’ keltirar.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top