Mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollar. Ushbu maqolada mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollarni saralab taqdim etamiz. Ushbu maqollardan foydalanib oling. Bugun bormiz erta yo’q. Mazzami? Commentda fikr qoldiring.
Mehmon haqida maqollar.
Suhbat sevmagan tegirmon qurdirar,
Mehmon sevmagan bolasini urar.
Chaqirilmagan mehmon —
Sariq itdan yomon.
Chaqirilmagan qo’noq —
Yo’nilmagan tayoq.
Shirin choying bo’lmasa,
Shirin tiling bo’lsin.
Tavsiya etamiz : Zid ma’noli maqollar.
Shirin oshing bo’lmasin,
Shirin so’zing bo’lsin.
Shirmoy noningni berma,
Shirin so’zingni ber.
Yuzta siz-bizdan,
Bitta jiz-biz yaxshi.
O’zi kelgan mehmon — atoyi xudo,
Chaqirib kelgan mehmon — gadoyi xudo.
Qo’nguncha qo’noq uyalar,
Qo’ngandan keyin — uy egasi.
Qo’noq bir kun qo’nsa — kut,
Ikki kun qo’nsa — yut.
Qo’noq oshi yo’lga yaxshi.
Qo’noq to’ydim, deydi,
Uy egasi yoqtirmadi, deydi.
Qo’noq qo’ydan ham yuvvosh,
Moy bersang ham, yeyaveradi.
Qo’noqqa osh ber, otiga — yem.
Hurag’on it egasiga qo’noq keltirar.
Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar to’plami.











