Ushbu to‘plamda o‘zbek xalqining eng boy ma’naviy meroslaridan biri — maqollar mazmuniga ko‘ra turkumlarga ajratilgan holda jamlandi. Mehnat, aql-idrok, epchillik, tavakkal, halollik, hayot tajribasi, oqillik va insoniy fazilatlar haqida aytilgan yuzlab hikmatlar bir joyda to‘plandi. Epchilikk va noshudlik haqida.
1. Mehnat va tirishqoqlik haqida maqollar
-
Abjir bo’lsa farzanding, cho’ldan non terar.
-
Yalqov bo’lsa farzanding, yerdan don termas.
-
Balaq turilmay, baliq tutilmas.
-
Bir shaltoqning ishini yigirma epchil eplay olmas.
-
Bozor bilgan och qolmas, yo’l tanigan kech qolmas.
-
Burga tutish uchun ham barmoqni ho’llash kerak.
-
Gadoychilikka ham uquv kerak.
-
Daryo chopar, chaqqon topar.
-
Eplagan ikki oshar.
-
Eplaganni er bil.
-
Eplaganni sher bil.
-
Eplashga ep kerak, bog‘lashga ip.
-
Epchil xotin qor qalab, qozon qaynatar.
-
Erinchoqning ishi bitmas.
-
Emini qilguncha, epini qil.
-
Ish bilgan — tuzar, bilmagan — buzar.
-
Ko‘ngillagan cho‘pon takadan sut sog‘ar.
-
Ko‘p bo’lsa seplab ko’r, oz bo’lsa — eplab.
-
Mergan ovda bilinar, so‘zchi — dovda.
-
Molni boqsang, to‘q bo‘lar, boqolmasang yo‘q bo‘lar.
-
Molni topganga boqtir, o’tinni chopganga yoqtir.
-
Ovni otsang, bilib ot, dol nishonga qo’yib ot.
-
Puxta bo’ynidan ilinar, go’l – oyog’idan.
-
Uddasidan chiqmasang, urinma.
-
Ura bilmagan uzun kosov ko‘tarar.
-
Ura bilmagan o‘qlov ko‘tarar.
-
Uyalgan buyurgandan quruq qolar.
-
Yotgan yotar, qidirgan topar.
-
Yaxshi xotin go’sht quritar, yomon xotin go’sht sasitar.
-
O’rni kelsa, o’roq o’r.
-
O‘choqdagi o‘tim o‘chmasin desang, qo‘ri borida harakat qil.
Tavsiya etamiz : Do’stlik haqida maqollar.
2. Bilim, aql-idrok, tajriba haqida maqollar
-
Bilaman — dedim, tutildim; bilmayman — dedim, qutuldim.
-
Bilgan odam qo‘li bilan quyon ovlar.
-
Bilmaganga bit o‘ldirish qiyin.
-
Elanmasang, el qayda; yalinmasang, pul qayda.
-
Ish bilmasang, gap bil.
-
Mergan ovda bilinar.
-
Ovchi ovchilikni qancha bilsa, ayiq ham qochishni shuncha bilar.
-
Savdolashuv — savdoning yarmi.
-
So‘ray-so‘ray, bilib olibdi; uyala-uyala, quruq qolibdi.
3. Aqlsiz, nodon, no‘noqlik haqida maqollar
-
Baytal chopib, poyga olmas.
-
Bebarorlik bo‘lmasa, kelin tushda gapirmas.
-
Jo‘gidan juz’ya.
-
No‘noq mergan oqsoq quyon izlar.
-
Ov olgan tozi burnidan ma’lum.
-
Ortiq qilaman deb, tirtiq qilma.
-
Pazandaning go‘jasidan osh chiqar, noshudning palovidan tosh chiqar.
-
Satang bir ish qilolmaydi.
-
So‘z bilmagan kishidan hura bilgan it yaxshi.
-
Tentak o‘ylanguncha, tavakkalchi suvdan o‘tar.
4. Epchilikk va noshudlik haqida
-
Tavakkal tog‘ni yiqar.
-
Tavakkal — erning yo‘ldoshi.
-
Tentak o‘ylanguncha, tavakkalchi suvdan o‘tar.
-
O‘ychi o‘yiga yetguncha, tavakkalchi borib kelar.
-
O‘ychining o‘yi bitguncha, tavakkalchining to‘yi bitar.
5. Hayotiy hikmat, tajriba haqida maqollar
-
Dum tilab, quloqdan ajrabdi.
-
Yer yuzini baxmal olsa ham, anqovga taqiyalik tegmas.
-
Yomon kosib bigiz tanlar.
-
Yog‘ochning yumshog‘ini qurt yer, odamning yumshog‘ini — it.
-
Tulkining ming bir hunari bor, oxirgisi ulug‘vor.
-
Tulkining hiylasi ko‘p, yaxshisi — qochmoq.
6. Omad, nasiba, rizq haqida maqollar
-
Yaxshi buzoq ikki onani emar.
-
Qochgan quyon yotgan quyonni ola qochar.
-
Qochgan qutular, turgan tutilar.
-
Tariqni yegan — chumchuq, baloga qolgan — bedana.
-
Tarig‘i pishganning tovug‘i bo‘l.
-
To‘kilgandan yalab qol.
7. Odam xarakteri, yaxshi-yomon xulq haqida maqollar
-
Yomon dallol yonidan to‘lar.
-
Yomon kosib bigiz tanlar.
-
Epsiz sozanda so‘zin cho‘zar.
-
Yaxshi xotin go’sht quritar, yomon xotin go’sht sasitar.
-
O‘ziga yol bo‘lmagan, o‘zgaga dum ham bo‘lolmas.
-
Epli qizdan qolma, sepli qizni olma.
8. Uy-ro‘zg‘or va turmush haqidagi maqollar
-
Eplagan ikki oshar.
-
Eplagan qizdan qolma.
-
Epsizda uy to‘ri latta-putta.
-
Epli xotin uyni tutar orasta.
-
Sandig‘i to‘la sepi bo‘lguncha, yuragi to‘la epi bo‘lsin.
-
Sepli bo‘lguncha, epli bo‘l.
-
Seplini olma, eplini ol.
9. Boylik, pul, savdo haqida maqollar
-
Pul otang kim, onang kim demaydi.
-
Pulni pul topar, ketmonni ahmoq chopar.
-
Savdolashuv — savdoning yarmi.
-
Bozor bilgan och qolmas.
10. Chorvachilik, dehqonchilik va tabiat bilan bog‘liq maqollar
-
Molni boqsang, to‘q bo‘lar.
-
Molni topganga boqtir.
-
Qamishni bo‘sh tutsang, qo‘lingni qiyar.
-
Tog‘ kelsa kemir, suv kelsa simir.
-
Quyoshli yog‘ochga qurt tushar.
Tavsiya etamiz : Xudbinlik haqida maqollar.











