Yaxshilik haqida maqollar to’plami. Ushbu maqolamizda yaxshilik haqida maqollarni taqdim etamiz. Siz ham ushbu maqolada foydalanishingiz mumkin. Buning uchun esa o’qib chiqing.
Yaxshilik haqida maqollar.
-
Asl odam hech o‘lmas.
-
Aslning xatosi bo‘lmas, yomonning oshnasi bo‘lmas.
-
Dili qora — till qora.
-
Dili qoraning qilmishi — qiyiqlik.
-
Dilozori — xudobezori.
-
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lma, nodon bilan — sirdosh.
-
Yomon bilan yurguncha, yolg‘iz yurgin o‘lguncha.
-
Yomon bilan yursang, yomon bo‘lasan, yaxshi bilan yursang, omon bo‘lasan.
-
Yomon odam til bilan kuydirar.
-
Yomon odam yo‘ldoshini qaritar.
-
Yomon odam to‘ymas, yomonligini qo‘ymas.
-
Yomon o‘zini bilmas, o‘zgani ko‘zga ilmas.
-
Yomon o‘ldi desa, ishon, yomonligini qo‘ydi desa, ishonma.
-
Yomon o‘z g‘amida, yaxshi — el g‘amida.
Tavsiya etamiz : Ona haqida maqollar to’plami
Yaxshi-yomon taqqosida
-
Yomon kelsa — buzar, yaxshi kelsa — tuzar.
-
Yomon kun yaxshi bo‘lar, yomon odam yaxshi bo‘lmas.
-
Yomon — kunchi, yaxshi — sinchi.
-
Yomon bilan sirdosh bo‘lsang, yomondan burun o‘lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, yaxshilik bilan unasan.
-
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga, yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
-
Yomon farzand ota-onani yerga qaratar, yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.
-
Yomon farzand poygaga tushirar, yaxshi farzand to‘rga o‘tkazar.
-
Yomon xotin yomon kunda qochar, yaxshi kunda kulib, bag‘rin ochar.
-
Yomon — o‘z g‘amida, yaxshi — el g‘amida.
Tavsiya etamiz : Vatan haqida maqollar
Hayot saboqlari va odob
-
Birovga choh qazima, o‘zing tusharsan.
-
Birovga kesak otsang, u senga tosh otadi.
-
Birovning aybiga ko‘z-quloq bo‘lma.
-
Bir ko‘ngil imorati — ming Makka ziyorati.
-
Bir so‘zlining yuzi — yorug‘, munofiqning yuzi — choriq.
-
Dunyo yorug‘ bo‘lsin desang, uyingga chiroq yoq.
-
Dushmanni musht bilan urma, osh bilan ur.
-
Dushmaningni asal bilan bo‘g‘.
-
Gina — adovatning qo‘shnisi.
-
Birov tuzar, birov buzar.
Mehnat va baraka
-
Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
-
Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber.
-
Boboning tol ekkani — o‘ziga nom ekkani.
-
Yer to‘ydirar, o‘t kuydirar.
-
Bug‘doydan — bug‘doy, arpadan — arpa.
-
Daryoga yaxshilik qilsang, ajrini biyobondan topasan.
-
Birning kasofati yuzga, yuzniki — mingga.
-
Birniki — mingga, mingniki — tumanga.
Yomon odatlar va oqibat
-
Yomon ko‘z tosh yoradi, yomon do‘st — bosh.
-
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
-
Yomon odam tuqqanini yomonlar.
-
Yomon mo‘ridan achchiq tutun chiqar, yomon uydan — sassiq gap.
-
Yomon oshga o‘rtoq, boshga — to‘qmoq.
-
Yomon qiliqdan — ko‘zga yosh, yaxshi qiliqdan — og‘izga osh.
-
Yomonga aytsang siringni, mingta qilar biringni.
-
Yomonga gapirsang — bir balo, gapirmasang — ikki balo.
Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar.
Turkumli hayvonot va tashbehlar
-
Bir tulki yetti bo‘rini yetaklar.
-
Yomon ayg‘irda yol bo‘lmas, o‘larmonda hol bo‘lmas.
-
Yomon baliq suv loyqatar.
-
Yomon buzoq yopig‘in yer.
-
Yomon buqa o‘z boshiga o‘t yer.
-
Yomon it kunduzi hurar.
-
Yomon kuchuk bo‘sag‘ada hurar.
-
Yomon ot oxur buzar, yomon it egasini uzar.
-
Yomon ot suvliq tishlar.
-
Yomon ot to‘rva teshar.
-
Yomon otni minguncha, yayov yurgin o‘lguncha.
-
Yomon sigir yozda tug‘ar.
-
Yomon ho‘kiz shamiyon sindirar.
-
Yomon ho‘kizga shox bitsa, suzib o‘ldirar.











