Bosh sahifa » Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar

Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar

Xalq donishmandligi: Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar.  Ushbu maqollardan juda ko’p joylarda foydalaning.

Adolat haqida

  • Adovat emas, adolat yengar.

  • Adolat qilichi kesgan qo’l og’rimas.

  • Adolat qilichi keskir bo’lar.

  • Palla-palla — shu palla, Adolatda — bir kalla.

  • Odil kishi oyday, Oqib turgan soyday.

  • Haq joyda qaror topar.

  • Haq ishni xalq qo’llar.

  • Haq nohaq bo’lmas.

  • Haq egilar, nohaq sinar.

  • Haq egilsa ham, sinmaydi.

  • Haq o’tar, haqlik yutar. Haq — hamisha g’olib.

  • Haq haqqa chiqar, Nohaqning bo’yni sinar.

Insof va insofsizlik haqida

  • Insof — sari baraka.

  • Insofi borning barakati bor.

  • Insofi yo’qning imoni yo’q.

  • Insofli oshini yer, Insofsiz — boshini.

  • Noinsofga erk bersang, elni talar.

  • Noinsofni tuzkonda ko’r.

  • O’g’ri bo’l, qaroqchi bo’l, insofli bo’l.

Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar

Poraxo‘rlik va qalloblik haqida

  • Pora do’zax eshigini ochar.

  • Pora kanda bo’lmasa, parokanda bo’lasan.

  • Poraxo’r — boyimas, O’g’ri — koyinmas.

  • Poraxo’r besh qo’lini og’ziga tiqar.

  • Poraxo’r — haromxo’r.

  • Poraxo’rning tavbasidan qo’rq, Mug’ombirning — yig’isidan.

  • Poraxo’rning qo’li to’rtta, Ko’zi — beshta.

  • Jallob — turgan-bitgani qallob.

Yetim va bechora haqida

  • Yetim-etim demangiz, Yetim haqin yemangiz.

  • Yetimni yig’latma.

Yaxshi va yomon haqida

  • Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.

  • Yiqilganni tepib o’tma, suyab o’t.

  • Yaxshiga ipak ilashur, Yomonga tikan ilashur.

  • Yaxshiga kun yo’q, Yomonga — balo.

  • Yaxshiga tinim yo’q, Yomonga o’lim yo’q.

  • Yaxshiga yaxshi bo’l, Yomonga — yomon.

Boy va kambag‘al haqida

  • Boyning gapi — o’ng, Yo’qning gapi — to’ng.

  • Semiz — «ko‘rkam», Boy — «chechan».

  • Kimning moli, puli bo’lsa, Avliyoning o’g’li shul.

  • Dunyo, moli bo’lmasa, Tomni teshgan o’g’ri shul.

  • Sotuvchi sakkizga sotmaydi, Oluvchi oltiga olmaydi.

Jazo va qilmish oqibati haqida

  • Xatoning yo’ldoshi — jazo.

  • Har kim qazigan chuqurga o’zi yiqilar.

  • O’t bergan o’tini olar, Suv bergan — suvini.

  • Tosh qo’ygan tosh olar, G’isht qo’ygan g’isht olar.

  • Qo’yni ham o’z oyog’idan osarlar, echkini ham.

  • Har kim fe’liga yarasha olar.

 Haqiqat haqida

  • Haqiqat — osmonda, Narvoni — hamyonda.

  • Haqiqat o’tda ham kuymas, Suvda ham cho’kmas.

  • Haqiqat qilni qirq yorar.

  • Haqiqatning yuzi — yorug‘, qo‘li — uzun.

 Boshqa turli hikmatlar

  • Da’vogar sust bo’lsa, Qozi muttaham bo’lar.

  • Da’vogaring xon bo’lsa, Arzingni Olloga ayt.

  • Birovni qarg’asang, o’zingga urar.

  • Vijdondan kechgan yiqilar.

  • Ko’rgan kuningni unutma, Xom chorig’ingni quritma.

  • Har yerda xo’roz bir xil qichqirar.

  • Qarz, qarzni berish farz.

  • O’g’rining uyi ko’p, To’g’rining uyi yo’q.

Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top