Bosh sahifa » Xudbinlik haqida maqollar to’plami

Xudbinlik haqida maqollar to’plami

Xudbinlik haqida maqollar to’plami. Jamoatchilik va xudbinlik haqida eng chiroyli maqollar to’plamini e’tiboringizga havola etamiz. Siz ham foydalaning zarari yo’q. Xudbinlik haqida maqollar to’plami.

Birlik va Do‘stlik haqida

  • Birlik bor — tiriklik bor.

  • Birlikda baraka bor.

  • Birikkan kuch — kuch, birikmagan kuch — puch.

  • Birlashgan kuch yengilmas.

  • Birlashgan yovni qaytarar.

  • Bir tupursa — ne bo‘lar, el tupursa — ko‘l bo‘lar.

  • El bilan bo‘lgan yutar, eldan ajralgan yitar.

  • Doshqozonda pishgan osh xom bo‘lmas.

Yolg‘izlik haqida

  • Yolg‘iz daraxt o‘rmon bo‘lmas.

  • Yolg‘iz yog‘och pana bo‘lmas.

  • Yolg‘iz itning hurgani bilinmas.

  • Yolg‘iz uyda qozon qaynamas.

  • Yolg‘izning yoyi yo‘qolsa topilmas, ko‘pning o‘qi yo‘qolsa topilar.

  • Yolg‘iz otning changi chiqmas, chiqsa ham dong‘i chiqmas.

Tavsiya etamiz : Odob va odobsizlik haqida maqollar.

 3. Xalq va Yurt haqida

  • Xalq aytgani — haq aytgani.

  • Xalq kuchiga to‘g‘on yo‘q.

  • Xalq puflasa — bo‘ron, tepinsa — zilzila.

  • Xalq g‘azabi — Xudo g‘azabi.

  • Xalqni xon ham yengolmas.

  • Xalq qo‘zg‘alsa, taxt qo‘zg‘alar.

  • El bo‘lmasa — er bo‘lmas.

  • El kuchi — sel kuchi.

  • El og‘zi — elak, gap turmas.

Tavsiya etamiz : Mehnat haqida maqollar to’plami

Ko‘pchilik va Birdamlik haqida

  • Ko‘pchilik qo‘l — unumi mo‘l.

  • Ko‘pchilik bir mushtdan ursa — o‘ldirar, bir burdadan bersa — to‘ydirar.

  • Ko‘pchilik supursa — sulatar.

  • Ko‘pning kuchi — karomat.

  • Ko‘p biriksa — tog‘ qular.

  • Ko‘pdan ayrilgan ozar, ko‘pga qo‘shilgan o‘zar.

  • Ko‘pning rizqi — ko‘l.

  • Ko‘pning qo‘li ham to‘g‘ri, yo‘li ham to‘g‘ri.

5. Donishmandona Nasihatlar

  • O‘z bilganingda bo‘lma, el bilganidan qolma.

  • El ishiga erinma, ish qildim deb kerilma.

  • Ulug‘ga suyangancha, elga suyan.

  • Erning kuchini el sinar.

  • Har ish qilsang, el bilan kengash.

  • Hashar qildim — uy qurdim, unda ko‘p hikmat ko‘rdim.

Tavsiya etamiz : Barcha turdagi maqollar 

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top