Mehnat haqida maqollar. Ushbu maqolamizda mehnat va mehnatsevarlik haqida maqollarni joylashtirib boramiz. Ushbu mehnat haqidagi maqolada siz uchun kerakli hamda foydali maqollar joylashtiriladi. Ularni o’qib chiqing yoki yuklab oling.
Mehnat haqida maqollar.
-
Ayb yilda emas, mehnatda.
-
Ahdi borning baxti bor.
-
Ahd qilgan baxt topar.
-
Baxt yalqovga begona.
-
Baxtingga ishonma, barmog’ingga ishon.
-
Bemehnat hikmat yo’q.
-
Bersang — olasan, eksang — o’rasan.
-
Betashvish bosh qayda, Mehnatsiz osh qayda.
-
Birni birov beradi, Ko’pni — mehnat.
-
Birovning bergani — ko’rgulik, Mehnatning bergani — to’ygulik.
-
Bor-bor, ishda bor, Ishlamagan nonga zor.
Tavsiya etamiz : Odob va odobsizlik haqida maqollar.
2. Ishyoqmaslik – Bekorchilik haqida
-
Bekor o’tirguncha, bekor ishla.
-
Bekorchidan — bemaza gap.
-
Bekorchidan el bezor, So’zidan ko’ngil ozar.
-
Bekorchilik — bemazachilik.
-
Bekorchining beti yo’q, Qozon osar eti yo’q.
-
Bekorchining hunari — g’iybat.
-
Bekordan xudo bezor.
3. Tabiat, bog‘ va hosil haqida
-
Ariq qazimasang, otizga suv chiqmas.
-
Boqsang — bog’, boqmasang — tog’.
-
Bog’ jamoli — bog’bondan.
-
Bog’ kimniki — bog’bonniki.
-
Bog’bonga tog’ yarashmas, Biyobonga — bog’.
-
Bog’ni boqsang — bog’ bo’lur, Botmon dahsar yog’ bo’lur.
-
Boqimsiz bog’ tog’ bo’lur, Yurak-bag’ring dog’ bo’lur.
-
Bo’lsa hamki qo’riq yer, Hosil berar, to’ksang ter.
4. Hayvon va odam xatti-harakati
-
Aravani ot tortar, Ko’lankasin — it.
-
Arg’umog’im jirtak otdi, Loyni ko’rib tappa yotdi.
-
Bo’ynidan bog’langan it ovga yaramas.
-
Ahmoqning kulgusi ko’p, Dangasaning — uyqusi.
5. Hayotiy tajriba, dono gaplar
-
Ari zahrin chekmagan Bol qadrini bilmas.
-
Axtargan topar.
-
Beli bog’liqning dili bog’liq.
-
Bemaza qovunning urug’i ko’p.
-
Bermas tangridan hormas ovchi olar.
-
Bir ezma topadi, bir — kezma.
-
Bir qo’llab eksang, Ikki qo’llab o’rasan.
-
Birov uchun birov qozon osmas.
-
Bozoringni o’zing qil, Tegirmoningni o’zing tort.
Dangasalik haqida
-
Dangasaga bulut soyasi ham yuk.
-
Dangasaga ish buyursang, Otangdan ortiq nasihat qilar.
-
Dangasaga ish buyursang, Senga aql o’rgatar.
-
Dangasaga ostona tepa bo’lib ko’rinar.
-
Dangasaning vaji ko’p, Ohangsizning — ayji.
-
Dangasaning ishi bitmas, Yoz kelsa ham qishi bitmas.
-
Dangasaning saratonda qoii sovqotar.
-
Dangasaning g’ayrati ish bitganda qo’zir.
-
Dono — bir joyda, Dangasa — har joyda.
-
Yoz bor, qish bor, Dangasaga na ish bor.
-
Yoz bo’yi yotar, Qish bo’yi qotar.
-
Yotaversa, ot ham ozar.
-
Yotgan yotag’on bo’lar, Sovuqqa qotog’on bo’lar.
-
Yotgan qolar, chopgan olar.
-
Yotgan ho’kiz och qolar.
-
Yotganga yomg’ir yog’mas.
-
Yotganning yog’i yo’q.
-
Yotganning ustiga turgan kelmas.
-
Yotib yeganga tog’ chidamas.
Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar.
Mehnat va hosil haqida
-
Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, Odam — mehnati bilan.
-
Daraxt — havodan, odam — mehnatdan.
-
Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar.
-
Yer boylikning onasi bo’lsa, Otasi — mehnat.
-
Yer — ona, suv — ota, Mehnat — boylik.
-
Yer ochganning baxti ochilar.
-
Yer — xazina, mehnat — kaliti.
-
Yer egasi bo’lma, mehnat egasi bo’l.
-
Yer qazimasang, oltin chiqmas, Qarmoq solmasang — baliq.
-
Yomg’ir bilan yer ko’karar, Mehnat bilan — el.
-
Yosh ishni topar, Ishsiz — dardisarni.
-
Jon koyitmay, ish bitmas.
Tavsiya etamiz : Til haqida maqollar.











