Bosh sahifa » Til haqida maqollar

Til haqida maqollar

Til haqida maqollar. Ushbu til haqidagi maqollarda 100 ga yaqin maqollar to’plamini joylashtirdik. Til millat ko’zgusi deb bejiz aytilmagan. Tili bor davlatning xalqaro jamiyatda o’rni katta bo’ladi. Har holda shunga umid qilinadi.

Shirin va yaxshi so‘z – inson ziynati

  1. Anjom uy ziynati, so‘z inson ziynati.

  2. Ariqni suv bezar, odamni — so‘z.

  3. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.

  4. Ochiq til osh yedirar, achchiq til — tosh.

  5. Bemorga shirin so‘z kerak, aqlsizga — ko‘z.

  6. Achchiq til — zahri ilon, chuchuk tilga — jon qurbon.

Tavsiya etamiz : Odob haqida maqollar.

Achchiq so‘z – yurakka o‘q

  1. Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.

  2. Zahar til suyakni yorar.

  3. Yomon gapning oyog‘i olti.

  4. Yomon so‘z egasiga qaytar.

  5. Yomon so‘zlab sovutma, jon og‘ritib ovutma.

  6. Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng.

  7. Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.

  8. Achchiq savol berib, shirin javob kutma.

Tavsiya etamiz : Kitob haqida maqollar.

30 ta Til haqida maqollar.

  • So‘z chumchuq emas, og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.

  • Til bor, bol keltirar, til bor, balo keltirar.

  • Yomon til boshga balo keltirar, yaxshi til — davlat, dunyo keltirar.

  • Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

  • Issiq kiyim tanni ilitar, issiq so‘z — jonni ilitar.

  • Dunyoni yel buzar, odamni — so‘z.

  • Ovni — oziq bilan, odamni — so‘z bilan.

  • Qo‘yning qimmati — yungida, odamning qimmati — so‘zida.

  • Gapni gap ochar, yomon gapdan qochar.

  • Gap egasini topar.

  • Gapdan gap chiqar, cho‘pdan — xas.

  • Yomon so‘z bo‘lmasa, yaxshi so‘z bo‘lmaydi.

  • Yomonning tili bor, yaxshining — dili.

  • Yomonning yaxshi so‘zidan, yaxshining yomon so‘zi yaxshi.

  • Bir yaxshi gap esdan chiqmas, bir — yomon gap.

  • Gapning qisqasi yaxshi, qisqasidan hissasi yaxshi.

  • Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi.

  • Gapning ozi yaxshi, qizning — nozi.

  • Gapning yomoni — pichir.

  • Yomon gap yer tagida uch yil yotar.

  • Yomon so‘zning qanoti bor.

  • Yomon til yo jonga urar.

  • Yomon so‘zlab — ovutma, jon og‘ritib — sovutma.

  • Yomonning yuzi qursin, gapirgan so‘zi qursin.

  • Birovning o‘zi g‘ar, birovning so‘zi g‘ar.

  • Dushman orttiraman desang, chaqirtikan bo‘l.

  • Gapi gapga o‘xshamas, og‘zi gapdan bo‘shamas.

  • Gapda g‘iybat yomon, dardda — quyanchiq.

  • Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.

  • Odam — so‘zlashguncha, yilqi — kishnashguncha.

Til va so‘z – insonning ko‘zgusi

  1. Til — dil kaliti.

  2. Tilga e’tibor — elga e’tibor.

  3. Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.

  4. Taom lazzati o‘zida, odam lazzati — so‘zida.

  5. El bor yerda so‘z bor.

  6. So‘z ko‘rki — maqol.

Yaxshi til – baxt kaliti

  1. Til yaxshisi bor etar, til yomoni xor etar.

  2. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

  3. Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.

  4. Chin so‘z — mo‘tabar, yaxshi so‘z — muxtasar.

  5. Toza suvni yer olar, yaxshi so‘zni el olar.

  6. Shirin so‘z — qaymoqli ayron, achchiq so‘z — bo‘yniga arqon.

  7. Tuzsiz oshning epi oson, tuzsiz gapning epi qiyin.

Tavsiya etamiz : Boshqa turagi maqollar to’plami

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top