Bosh sahifa » Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar. Mustaqil O’zbekiston ona yurt va vatanimiz haqida eng chiroyli maqollar to’plami. Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar jamlanmasi vatanga bo’lgan sevgi muhabbatni yanada oshiradi degan umiddamiz.

Vatan haqida maqollar.

Vatan haqida maqollar.

Eling-yurting bo‘lmasa,
oying-kuning bo‘lmasin.

Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.

Tugʻilgan yerdan koʻngil uzilmas,
Yurt qoʻriganning yurti buzilmas.

Tinchlik – farovonlik yoʻldoshi.

Vatan qadrini bilmagan oʻz qadrini bilmas.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning – taxti.

Vataning tinch – sen tinch.

Vatanni sotgan er boʻlmas.

Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.

Tavsiya etamiz : Odob haqida maqollar to’plami.

Yurt haqida maqollar.

Yurt haqida maqollar.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Kiymoqqa katan yaxshi,
Turmoqqa vatan yaxshi.

Tug’ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.

El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.

Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.

Tavsiya etamiz : Vatan haqida she’rlar.

Yurt qo’risang, o’sarsan,
Qo’rimasang, to’zarsan.

Yurti boyning o’zi boy.

Yurt desa, yugurib ishla.

El sog’ligi — yurt boyligi.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.

Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

O’lsang o’l,
Vataningda bo’l.

Tavsiya etamiz : Boshqa turdagi maqollar to’plami.

Birovning yurtida bek bo’lguncha,
O’zingning yurtingda it bo’l.

O’zga yurtning gulidan,
O’z yurtingning cho’li yaxshi.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

Tavsiya etamiz : Vatan haqida she’rlar.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top