Bosh sahifa » Navro’z haqida sherlar

Navro’z haqida sherlar

Navro’z haqida sherlar 4 qator. Ushbu maqolamizda Navro’z bayrami haqida eng chiroyli va saralangan she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’rlardan foydalanib, ularni yod oling.

Navro’z haqida sherlar.

Navro'z haqida sherlar.

Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding bahor, hush ko’rdik navruz.

Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding bahor, hush ko’rdik navroz.

Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding bahor, xush ko’rdik navro’z.

Tingla bahor.

Qushchalarning sayrog’i,
Maysalarning bayrog’i
Menga bunda tanishdir,
Dilda madhi xonishdir.
To’lg’anadi dalalar,
Cho’g’lanadi lolalar.
Qaldirg’ichlar saflanar,
Ko’kda quyosh taftlanar.
Nurga to’lar hovuchim,
Tingla bahor, tovushim!

Tavsiya etamiz : Kitob haqida she’rlar

Bugun shodiyona ekan.

Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.

Navro’zing muborak vatanim.

Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing.
Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.

Bugun Navro’z bayrami.

Bugun Navro’z bayrami,
Zo’r tantana, hamma shod.
Ona yurtda quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
Navro’z keldi yurtimga,
Dalalarga shoshaylik.
Keling, do’stlar, barchamiz,
Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.

Tavsiya etamiz : Vatan haqida she’rlar

Kichik bolalar uchun Navro’z.

Salom ey navro’zim,
Senga bugun dil so’zim,
Quvonch berib dilimga,
Xush kelibsan elimga.

Keldi navro’zi olam,
Ochildi gul lolam.
Ekilar gulu archa,
Shirin so’z bugun barcha.

Bahor keldi.

Bahor keldi,
Gul ochildi.
Quyosh kuldi,
Nur sochildi.

Taqdim bugun gulchambar,
Bugun keldi gul bahor,
Ochildi gul lolalar,
Terib oling bolalar.

Tavsiya etamiz : Maktab haqida she’rlar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top