Maktab haqida sherlar. Jonajon maktab haqida bilimlar kuni uchun maktab haqida she’rlar to’plami. Ushbu she’rlar to’plami juda ajoyib tarzda tuzilgan.
Maktab haqida sherlar.
Salom, jonajon maktab,
Tabarruk makon, maktab!
Qalbga ilm nurin sochgan,
Bamisli oftob maktab!
Chorlading quchog‘ingga,
Keldik bilim bog‘ingga,
Munis ona misoli
Bizga mehribon, maktab.
Nur taratgan shamsimon,
Ilm bog‘iga bog‘bon,
Ustozlar ta’lim berar,
Biz niholsimon, maktab.
Qancha buyuk insonlar,
Alloma-yu jahonlar,
Senda olishgan ta’lim,
Sen – nurli bo‘ston, maktab!
Tavsiya etamiz : Mustaqillik haqida she’rlar
Maktabim.
Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!
Tavsiya etamiz : Kitob haqida sherlar
O’qing o’g’lon.
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’glon!.
Makab chog’i.
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o’ylab ko’r-chi bir
Òinglaymizmi, ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o’chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
—
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo’lma hech.
Bilsang faqat u seni o’ylar,
Òo’g’ri yo’lga — bilimga yo’llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko’p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.











