Bosh sahifa » Ustozlar va muallimlar haqida sherlar 4 qator

Ustozlar va muallimlar haqida sherlar 4 qator

Ustozlar haqida sherlar 4 qator lik she’rlarni sizlarga taqdim etamiz. Foydalanib oling. O’rganing. Fikrlang va albatta o’z fikringizni izohlarda qoldiring. Ushbu maqolada ustoz muallimlar haqida qator sherlarni taqdim etamiz.

Muallim.

Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.

Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.

Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, G‘afur G‘ulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.

Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu.

Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida boshqa she’rlar

Ustozim.

Ustozim bor mehribon,
Boshimizga soyabon.
O’zi juda talabchan,
Bo’lsin doim sog’-omon.

Ustozim yuzga kirsin,
Davru-davronlar sursin.
Hassaga suyanmasin,
Bizga suyanib yursin.

Abdulla Oripov – Oddiy muallim.

Abdulla Oripov - Oddiy muallim.

Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimni, o‘sha behasham.
Navoiyku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.
Shunday ulug‘ zotga harf o‘rgatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor,bezovtv jonlar,
Ammo qanoatda tog‘dek ulug‘vor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar,
Pirim,deb etagin tutgan zotlar bor.
Qaysar jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?-
Oddiy muallimda,oddiy muallim.

Yo‘qdan Beruniylar binolar etgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar etgan,
Husaynni ibn Sinolar etgan,
Abdulloning tilin burrolar etgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Ammo hayotning nish-sanchiqlaridan
Qoqinsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan.
Otadek kuyungan g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Ulfat ko‘pu ammo bir do‘sti hamroh,
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim, undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallimda, oddiy muallim.

Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir mo‘min o‘rtog‘im
Ko‘zlarimni yopsa, jag‘im bog‘lasa,
Faqat bir insondan bo‘ladi qarzim-
Oddiy muallimdan, oddiy muallim!

Ustozim mening.

Ustozim mening.

Qalblarida mehrdir,
So’zlarida sehrdir
Ko’zlari to’la quvonch,
Aziz buyuk ustozim.

Tavsiya etamiz : Kitob haqida she’rlar

Kim bor – Ustozlar haqida sherlar 4 qator

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Tavsiya etamiz : Til haqida she’rlar

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top