25-may so’nggi qo’ng’iroq she’rlari. Bitiruvchi o’gil qizlar uchun 25 may bitiruv oqshomlari uchun sherlar.
25-may so’nggi qo’ng’iroq she’rlari.
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.
Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.
So’ngi qo’ng’iroq she’ri
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
To‘xtab qolsin soat millari,
Chalinmasin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Ortda qolar sho‘xlik yillari,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Naxot boshqa, boshqa yo‘limiz,
Xomush tortib yig‘lar dilimiz.
Ketar chog‘i ortda ko‘zimiz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Tavsiya etamiz : Ona haqida she’rlar.
Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e‘zoz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sho‘xliklar qilardim hammadan ko‘proq,
Haliyam qumsaydi yuragim mushtoq.
Xuddi tushdek o‘tgan damlarim,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Bir oiladek jambuljam edik,
Yillar o‘tdi tarqadik ketdik.
Endi mehr qadriga yetdik,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sog‘indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Ko‘zlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Yangi hayot yangi yo‘llarga,
Qadam qo‘ydik boshqa yo‘llarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar.











