1 iyun bolalar kuniga sherlar to’plami. 1-iyun xaqaro bolalar kuniga atab eng sara she’rlar va qo’shiqlar to’plami. 1-iyun sanasi dunyo bo‘yicha eng quvonchli kunlardan biri – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun bolajonlarga mehr berish, ularning quvonchi va orzulari haqida o‘ylash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Har bir bola muhabbat, e’tibor va g‘amxo‘rlikka loyiq. Shu bois bu kunda turli bayram tadbirlari, o‘yinlar, konsertlar va sovg‘alar orqali farzandlarimizga quvonch ulashiladi. Ularning ko‘zidagi quvonch – bu butun jamiyatning baxtidir.
1-iyun biz, kattalarga, bolalarning baxtli, tinch va farovon hayotini ta’minlashda o‘z mas’uliyatimizni yana bir bor eslatadi. Keling, bolalarni asraylik, ularga yorqin kelajak yarataylik!
1-iyun bolalar kuniga she’rlar.
Ko‘glim zulmatlari ziyoga to‘lar,
Uyimning chirog‘i yonib turganda.
Bor barcha tashvishim yodimdan chiqar,
Bir bora qiqirlab bolam kulganda.
Bolam, shunday kulgin kulgularingdan,
Dardlari to‘kilsin hasta dilimning.
Kamolingni ko‘ray, baxtingni ko‘ray,
Barcha cho‘qqilarin zabt et ilmning
Mayda tashvishlarga to‘lgan bu dunyo,
Bilmam qayga shoshar, hayoli ishda.
Kattalar yashashni sendan o‘rgansin,
Olloh o‘zi bergan «MITTI FARISHTA»
O‘yinchoq talashib ,yana yarashib,
Boshlagan o‘yinin tugatmay qo‘ymas.
Ular shunday toza, shunday beg‘ubor,
Urishgan jo‘rasin ketgani qo‘ymas.
Bu cheksiz mehrdan porlagan ko‘zing,
Hech qachon to‘lmasin alamli yoshga.
Barcha oilaning bag‘rin isitgan,
BOLANING YURAGI O‘XSHAR QUYOSHGA..
Bolalik sehri – 1 iyun bolalar kuniga sherlar to’plami
Bolalik – sehrdir, zangori fasl,
Vatanning ertasi, tamal toshlari.
Saodat nuridan kuch olgan nasl,
Yurtimning tuganmas sarchashmalari.
Bobolar shon topib, ardoqlagan his,
Ularning ko‘nglida qayta uyg‘onish.
Birisining ismi balki Òo‘maris,
Birisi ulg‘ayib, bo‘lar Alpomish!
Aylanay beg‘ubor kulishlaringdan,
Sizga hamroh bo‘lsin ezgulik, safo.
Ko‘zlar quvonadi turishlaringdan
Sizni panohida asrasin Xudo!
Tavsiya etamiz : Onalar haqida sherlar.
Bolaligim.
Bahor bilan » Boychechak» aytib,
Kelgandaysan chopqillab qaytib,
Ke, qaylarda yuribsan «daydib»,
Bolaligim, seni izladim.
Anhorlarning bo‘yidasanmi,
Binafshalar to‘yidasanmi,
Qo‘shni qizning ko‘yidasanmi,
Bolaligim, seni axtardim.
Koptok o‘ynab horgan bo‘lsang ayt,
Biror shumlik topgan bo‘lsang ayt,
Tomga chiqib olgan bo‘lsang ayt,
Bolaligim ,seni sog‘indim.
Dunyo bolalari.
Biri qora, biri oq,
Dunyoning bolalari.
Biri biriga o‘rtoq,
Dunyoning bolalari.
Davra qursa xushchaqchaq,
Dunyoning bolalari.
Bo‘lar bir tizim munchoq,
Dunyoning bolalari.
Do‘stlikni qilib bayroq,
Dunyoning bolalari.
Quyoshga ochar quchoq,
Dunyoning bolalari.
Tinchlikka ochar quchoq
Dunyoning bolalari.
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar.
Bolalarga bering dunyoni.
Bilmoq uchun olamnig sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.
Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin xayot,
Bolalarga bering dunyoni.
Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.
Iqbolini baxtin ko‘ring siz,
Kamolini taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.
Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.
Tavsiya etamiz : Boshqa ma’noli sherlar.











