Toshkent Davlat Texnika universiteti Qo’qon filiali kirish ballari, fakultetlari hamda yo’nalishlari haqida jadval va ma’lumotlar. Qo‘qon filiali Toshkent davlat texnika universitetining Farg‘ona vodiysidagi birinchi va hozirda yagona filiali bo‘lib, muhandislik, geologiya, iqtisod, texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-sentabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi 754-son qarori asosida tashkil etilgan. Hozirda Qo‘qon filiali qoshida ikkita fakultet faoliyat yuritmoqda: “Muhandislik” fakulteti va “Energetika” fakulteti. Professor-o’qituvchilar soni dotsentlar, katta o’qituvchilar, yordamchi o’qituvchilardan iborat 64 nafarga yetdi. Hammasi bo’lib 13 ta bakalavriat va 2 ta magistratura yo’nalishi mavjud bo’lib, ularda hozirda 1519 nafar talaba tahsil olmoqda.
Texnika universiteti Qo’qon filiali kirish ballari -Kunduzgi O’zbek.
| Yo’nalish | O’tish bali 2024 | ||
| Shifri | Yo’nalish | Davlat granti | To’lov shartnoma |
| 60410100 | Iqtisodiyot | 152.1 | 88.7 |
| 60410800 | Menejment | 168.3 | 83.2 |
| 60710100 | Kimyo muhandisligi | 68 | 56.7 |
| 60710400 | Energetika muhandisligi | 68.2 | 56.8 |
| 60710500 | Elektr muhandisligi | 68.1 | 56.8 |
| 60710700 | Elektronika va asbobsozlik | 68.7 | 56.7 |
| 60710900 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish | 86.3 | 57.7 |
| 60711400 | Transport vositalari muhandisligi | 74.7 | 57.6 |
| 60720300 | Materialshunoslik | 68.1 | 56.7 |
| 60720401 | Texnologik mashinalar va jihozlar | 70.2 | 56.8 |
| 60720700 | Yengil sanoat muhandisligi | 68.5 | 56.8 |
| 60721500 | Geodeziya va geoinformatika | 75.7 | 57.8 |
Boshqa otmlar o’tish ballari.
Kunduzgi va Sirtqi shakllar bo’yicha yo’nalishlar
- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili / Rus tili
- Kontrakt narxi: 12 627 170 so’mdan boshlab
- Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 13 306 500 so’mdan boshlab
- Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 12 627 170 so’mdan boshlab
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 15 344 490 so’mdan boshlab
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 12 627 170 so’mdan boshlab
- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 12 627 170 so’mdan boshlab
- Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili / Rus tili
- Kontrakt narxi: 12 627 170 so’mdan boshlab
- Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 12 627 170 so’mdan boshlab
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 6 412 610 so’mdan boshlab
Faqat Kunduzgi shakl bo’yicha yo’nalishlar
- Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 9 129 930 so’mdan boshlab
- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 6 412 610 so’mdan boshlab
Faqat Sirtqi shakl bo’yicha yo’nalishlar
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Kontrakt narxi: 7 091 940 so’mdan boshlab
Dtm dan olindi.











