Omon matjon hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar. Omon Matjon asarlari uning kitoblari.
Omon matjon hayoti va ijodi.
Omon Matjon 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni tugatgach, u Samarqand Davlat universitetida tahsil oladi. Omon Matjon 1969 yil oliygohni yakunlaganidan so‘ng, 2002 yilgacha G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, so‘ngra “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan.
Omon Matjon asarlari.
Omon Matjon bolalagidanoq she’rlar yozishni mashq qilgani va ilk she’rlari esa, maktab devoriy gazetalariyu tuman gazetalarida chiqib turganini aytadi. U o‘zbek she’riyatiga 1960-yillarda o‘z yo‘li va ohanggi bilan kirib keladi. 1970 yilda shoirning “Ochiq derazalar”, deb nomlangan ilk she’riy to‘plami nashrdan chiqadi. “Keyin «Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Quyosh soati”, “Yarador chaqmoq” kabi kitoblarim, “Beruniy” dramatik dostonim, Pahlavon Mahmud haqidagi dostonim, “Haqqush qichqirig‘i” degan qirq afsonadan iborat kitobim, “Daraxtlar va giyohlar kitobi” deb nomlangan ekologik mavzudagi kitoblarim ketma-ket bosmadan chiqdi», deydi shiorning o‘zi. Shuningdek, 1991- 2011 yillar o‘rtasida shoirning “Iymon yog‘dusi”, “Erkin havolarda”, “Ardaxiva”, “Xaloskor Ruh”, “Shayx Najmiddin Kubro, To‘rabekaxonim haqidagi qissalari, «Diydor Aziz” kabi kitoblari chop etilgan.
Omon Matjon vafoti.
Shoir adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2006 yilda Omon Matjonga O‘zbekiston Xalq shoiri degan unvon berilgan.
O’zbekiston xalq shoiri Omon Matjon Omon Matjon 2020 yil 29 oktyabrda vafot etgan.
Omon Matjon sherlari
Ko‘zlaringni yashirgin mendan,
O‘tib ketay yoningdan befarq,
O‘tib ketay yoningdan bedard,
Ko‘zlaringni yashirgin mendan.
Borligimni payqama,mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama,mayli.
Nomim bo‘lsa qalbingda agar,
Otib tashla,mayli,tuproqqa.
…Har kuni o‘t shu yo‘lni toptab,
Nomim bo‘lsa qalbingda agar.
Boshqa she’rlari.
O‘rtamizda birgana olma –
Olam ichra yumaloq ilinj.
O‘rtamizda birgina olma –
Balki g‘am u yo balki sevinch.
O‘rtamizda birgana olma,
Yarmi qizil, yarmi och-yashil.
Hayo tug‘yonidan qizil u,
U sog‘inchning ramzidir asil.
O‘rtamizda birgina olma,
Barmoq uchi tegsa tovlanar.
Alvon iffat, yashil tashnalik
Bir senga, bir menga dovlanar.
O‘rtamizda birgina olma,
Gard tegmagan, biram pokiza.
Hozircha u rangin bir havas,
Lab tegsa boshlanar mo‘jiza…
Omon Matjon she’rlariga o’tish
Boshqa shoirlar hayoti va ijodi.
Ma’lumotlar Xurshid Davron kutubxonasidan olindi.




