Bosh sahifa » Abdulla Oripov biografiyasi

Abdulla Oripov biografiyasi

Abdulla Oripov biografiyasi tarjimai holi. A.Oripov haqida ma’lumot.

Tarjimai holi.

Abdulla Oripov (1941-yil 21-mart — 2016-yil 5-noyabr) — mashhur o‘zbek shoiri, yozuvchi, O‘zbekiston Qahramoni va Davlat madhiyasining muallifi. U o‘zbek adabiyotida chuqur ta’sir ko‘rsatgan ijodkor sifatida tanilgan bo‘lib, uning she’rlari xalq orasida keng e’tirofga sazovor bo‘lgan. Abdulla Oripovning ijodi o‘ziga xos badiiy mahorati, teran falsafiy qarashlari va milliy ruhni yuksak darajada tarannum etishi bilan ajralib turadi.

Shoir o‘z ijodida sevgi, vatan, hayot va insoniylik mavzularini yoritib, odamlarni adolat, mehr-oqibat va halollik tomon chorlaydi. Uning mashhur asarlari orasida “Jannatga yo‘l”, “Najot qidirdim”, “Hijron kunlari” va boshqa ko‘plab she’riy to‘plamlarini aytib o‘tish mumkin. Shu bilan birga, Abdulla Oripov O‘zbekiston mustaqilligini ulug‘lovchi, milliy g‘ururni uyg‘otuvchi she’rlar yaratgan.

Uning eng buyuk asarlaridan biri bu “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi” bo‘lib, u bugungi kunda ham mamlakatimizning har bir burchida yangramoqda. Abdulla Oripov nafaqat ijodkor sifatida, balki jamoat arbobi sifatida ham faoliyat yuritgan. Shoir o‘z hayoti davomida ko‘plab mukofot va unvonlarga sazovor bo‘lgan. 1998-yilda unga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.

Abdulla Oripovning ijodi hozirgi kunda ham yangi avlodni ilhomlantirmoqda va u o‘zbek adabiyoti tarixida abadiy nom qoldirgan siymolardan biridir.

Abdulla oripov sheriy toplami.

Abdulla Oripovning ijodi talabalik yillarida boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’rlar to‘plami «Mitti yulduz» 1965 yili chop etilgan. Keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O‘zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda shoirning she’rdan-she’rga, to‘plamdan-to‘plamga, yildan-yilga o‘sib, ijodi barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, 70-yillardan keyingi asarlarida hayot va inson, jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarining tobora chuqurlashib borayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg‘ular ularda o‘zining yuksak talqinini topib boradi. Bu, bora-bora teran fikr bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanib, shoirning ijodiy kamolotga erishganidan darak beradi.

Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan she’ri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi she’rlar to’plami “Mitti yulduz” esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin “Ko’zlarim yo’lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yo’l” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), to’rt tomlik “Tanlangan asarlar” (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.

Abdulla Oripov ona haqida sher.

Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga

Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.

Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.

Abdulla Oripov ona she’rlari davomi.

II

U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Yo`qmidi hech o`zga gaping, —
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.

Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.

Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.

III

Esimdadir, titrar edim —
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.

Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
— Shoir o`g`lim, — deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur’atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.

Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she’rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.

Uning she’rlarini she’riyat bo’limidan o’qishingiz mumkin.

Ma’lumotlar mustaqillik.uz saytidan olindi.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top